Nadejda Prepodobnaya: Rossiya va O‘zbekiston - san’at durdonalari xazinasi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovV Tashkente proxodit konferensiya muzeynix deyateley Uzbekistana i Rossii.
V Tashkente proxodit konferensiya muzeynix deyateley Uzbekistana i Rossii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Forumning birinchi kunida Sankt-Peterburg davlat kino va televidenie instituti O‘zbekiston Respublikasi Davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya muzey xodimlarining anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligiga bag‘ishlangan anjuman 18—19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari Nadejda Prepodobnaya so‘zga chiqdi.
“Rossiya va O‘zbekiston - san’at durdonalari, qadimiy yodgorliklar va noyob me’moriy yodgorliklar xazinasi. Ishonchim komilki, muzey xodimlarining birinchi konferensiyasi professional tajriba almashish va mavjud hamkorlik ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi. Umid qilamanki, kelgusi yilda Tuladagi ikkinchi konferensiyada uchrashamiz”, dedi u.
Tadbirda ikki mamlakat davlat muzeylari rahbarlari ishtirok etmoqda. Anjuman doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston va Rossiyada muzey sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritadi, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi, muzeylar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qiladi.
Anjuman bir kun avval boshlangan madaniyat sohasida ta’lim bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston forumining davomi bo‘ldi.
Forum doirasida ijodiy mahorat darslari, ko‘rgazma, yalpi muhokama va Rossiya mintaqalarining madaniy salohiyati taqdimoti o‘tkaziladi.
Forumning birinchi kunida Sankt-Peterburg davlat kino va televidenie instituti O‘zbekiston Respublikasi Davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0