Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisi 18-noyabr kuni chaqiriladi

© Oliy Majlis Senati Senatining yalpi majlisi
Senatining yalpi majlisi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
Majlis kun tartibiga 10ga yaqin hujjatlar kiritilgan - tafsilotlar.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Oliy Majlis Senatining o‘ttiz beshinchi yalpi majlisi 18-noyabr kuni chaqiriladi. Majlis kun tartibiga 10ga yaqin hujjatlar kiritilgan, deya xabar bermoqda Senatning matbuot xizmati.
Senatorlar tomonidan navbatdagi yalpi majlisda bir qator qonunlar, shuningdek MDH PAning 2022-yil 27-28 oktabr kunlari Samarqandda o‘tkazilgan kuzgi sessiyasi yakunlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Kun taritibga kiritilgan qonunlar:
“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi;
“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi;
“Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi.
Shuningdek, mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, Izmir Shartnomasini ratifikatsiya qilish hamda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida harbiy hadli Bitimni ratifikatsiya qilishga oid qonunlar muhokama etiladi.
Yalpi majlis doirasida Oliy sudi raisining o‘rinbosarini saylash, shuningdek Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, 2022-yilning to‘qqiz oyi yakuni bo‘yicha Davlat budjeti ijrosi va 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotlari ham ko‘rib chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0