G‘arb Ukraina inqirozidan chiqish yo‘lini topdi

© AP Photo / J. Scott ApplewhiteFlagi SShA i Ukraini na fone Kapitoliya.
Flagi SShA i Ukraini na fone Kapitoliya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
AQSh va uning hamrohlari uchun Ukrainadagi vaziyat o‘ta yomonlashsa – Vashington ana shunga o‘xshash biror chora o‘ylab topishi mumkin.
Polsha hududiga Ukraina raketasi qoldiqlari tushishi bilan bog‘liq voqea, G‘arb Rossiyani jang maydonida yenga olmagan taqdirda, inqirozdan favqulodda chiqishga qanday urinib ko‘rishini ko‘rsatdi.
Keling bir boshidan boshlaylik. Seshanba kuni kechqurun Kiyev rasmiylari va ularning ittifoqchilari maxsus operatsiya boshlanganidan beri Rossiyaning eng kuchli raketa zarbasi oqibatlarini baholay boshladi. Ular “rus qo‘shinlari nafaqat yirik Yevropa davlatining energetika tizimini vayron qila olgani, balki jasorat to‘plab, uning tashqarisidagi strategik nishonga - Polsha traktoriga zarba bera oldi” degan xulosaga kelishdi. Polshaga tushgan raketa qoldiqlari Prjevoduv qishlog‘ida ikki kishini o‘ldirgan.
Ushbu voqea, aniqrog‘i, unga bildirilgan reaksiya - fikrlash uchun ko‘p “ozuqa” beradi.
Voqea haqida ilk bor mahalliy OAV xabar bergan. Shundan so‘ng, Polsha rasmiylari NATO ittifoqchilari bilan ittifoqning asosiy shartnomasining to‘rtinchi moddasini qo‘llash imkoniyatini e’lon qildi. Bu esa blokdagi mamlakatlardan biri xavf ostida qolganda maslahatlashuvlar! (kim ham o‘ylabdi) o‘tkazishni nazarda tutadi.
Varshava Moskvaga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblovlardan qochishga harakat qildi va o‘zini silliq so‘zlar bilan chekladi, unga ko‘ra zarba "Rossiyada ishlab chiqarilgan raketa" bilan berilgan. Lekin shunga qaramay Rossiya elchisi Sergey Andreyev mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.
Ammo Kiyev va Boltiqbo‘yi davlatlari - aybdorni darhol tayinlashdi va bu, albatta, Rossiya edi.
Chorshanba kuni ertalabga yaqin Polsha traktori Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘lmasligi aniq bo‘ldi. AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyadan Polshaga raketa uchirilishini dargumon deb atadi. Moskvaning ishtirok etmasligini turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham aytdi va Polsha yetakchisi Anjey Duda ham buni tasdiqladi:o‘qqa tutilish takrorlanadi degan fikrga asos yo‘q, dedi u.
Bundan tashqari, Varshava ham tezda NATO ustavining to‘rtinchi moddasini qo‘llash zaruriyati yo‘qligini e’lon qildi.
Biroq, shu vaqtgacha "terrorchiga o‘z o‘rnini ko‘rsatib qo‘ying" deb hayqirayotgan Kiyev ham biroz o‘zini tiydi. Kechqurun Zelenskiy ehtiyotkorlik bilan "Polshadagi portlashga sabab bo‘lgan raketa Ukrainaga tegishli emasligiga shubham yo‘q", - deya rad etdi u.
Ammo unga bu ham etarli bo‘lmagan shekilli, shuning uchun u "NATOga zarba bergani" uchun kim javobgarlikka tortilishini ko‘rsatishga qaror qildi.
"Men kun kechida Bosh qo‘mondoni Zalujniydan bu bizning bo‘lmagani haqida hisobot olishimga hatto shubha qilmayman. Ularga ishonmaslik uchun hech qanday sabab yo‘q", - deydi Zelenskiy.
Bunday vaziyatda Polsha Ukrainaga o‘z joyini ko‘rsatib qo‘ymaganini ham alohida ta’kidlash joiz: Voqeani tergov qilishda ishtirok etish istagini bildirgan Kiyev rasmiylariga Duda, bu Varshava va Vashingtonning qo‘shma protsedurasi ekanligini aytdi.
“Agar kimdir bu jarayonga qo‘shilishi kerak bo‘lsa, buning uchun ikki tomonlama kelishuv kerak”, dedi u.
Biroq, bu voqea G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini to‘xtatish uchun bahona bo‘ladi, deb ishonganlarni hafsalasini pir qilishga shoshilmoqchiman. Ukraina armiyasi qanday ehtiyotsizlik bilan ishlayotganini ko‘ra-bila tursada, ular goh traktorni portlatib yuborishadi goh Kiyevdagi uy ustiga raketa tashlashadi, G‘arb ularni qurol bilan ta’minlashni to‘xtatmaydi.

Bu voqeani stop-kranning rejadan tashqari ishlab ketishi deb tushunsa bo‘ladi. AQSh va uning hamrohlari Ukrainadagi vaziyat o‘ta yomonlashsa – Kiyev uchun emas albatta, Vashington uchun, ana shunga o‘xshash biror chora o‘ylab topishlari mumkin.

Ha, bu safar hamma narsa, aftidan, tasodifan sodir bo‘lgan, lekin shunga o‘xshash provokatsiyani tashkil qilish va hozir sodir bo‘layotganidek, keskinlikni darhol to‘xtatishga harakat qilish zarur bo‘ladi.
Chunki bu holda, Qo‘shma Shtatlar sun’iy qopqonga tushib qolishadi. Undan chiqishning ikkala yo‘li ham mag‘lubiyatga olib keladi: ular yo NATO shartnomasining beshinchi moddasini doirasida harakat qilishi (agressor davlatga nisbatan urush ochishi) yoki shartnomani qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, yadro kuchiga ega bo‘lgan raqib bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvi va Amerika yillar davomida saqlab qolishga harakat qilayotgan butun xavfsizlik tizimining qulashini anglatadi.
Lekin vaziyatdan chiqishning uchinchi yo‘li ham bor: voqea sodir bo‘lmasdan oldin uning diplomatik yechimini topishga harakat qilib ko‘rish. G‘arb davlatlari agar Rossiya g‘arb armiyasiga duch kelsa muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur bo‘ladi deb hisoblaydi. Kreml muhim masalalarni Oq uy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhokama qilishi – Kiyev bilan diplomatik o‘yinlar o‘ynashdan ko‘ra afzal albatta. Lekin agar Vashingtonning o‘zi ham murosaga tayyor bo‘lmasa bu variant ham ishlamaydi.
Ukrainaliklar o‘ziga o‘zi savol berishi kerak: O‘shanda Ukrainaning o‘ziga shu daqiqaga nima bo‘ladi? Undan nima qoladi?
G‘arblik hamkorlari Rossiya raketalarni uchirmagan bo‘lsa-da, mas’uliyat baribir uning zimmasida ekanligini ta’kidlashga shoshilishdi. Vashington va Brussel ana shunday pozitsiyalarda qanchalik uzoqroq qolishsa, shuncha vaqtd davomida Ukraina NATO qurolsozlari sinov poligoni bo‘lib qolishda davom etadi.
Lekin bu rejaning yana bir zaif joyi bor: agar juda zarur bo‘lsa Amerika yo‘ldoshlari bunday provokatsiyani Vashingtonning roziligisiz ham uyushtirishi mumkin. It dumini emas dum itni likillatganda, Vashingtonning sevimli "nazorat ostidagi xaos"ini nazorat qilish tobora qiyinlashib boradi.
Yangiliklar lentasi
0