G20 yetakchilari dunyodagi vaziyat bo‘yicha kommunike qabul qildi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishSammit G20 na Bali
Sammit G20 na Bali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Kreml G20 natijalaridan qoniqish hosil qilganini ma’lum qilgan.
TOShKENT, 17 noya - Sputnik. “Katta yigirmatalik” (G20) davlatlari yetakchilari Indoneziyaning Bali orolidagi sammitni yakunlab, qo‘shma kommunikeda xulosalarni jamladi.
Hujjatda G20 a’zolarining aksariyati Ukrainadagi mojaroni qoraladi, biroq “bu vaziyat va sanksiyalar haqida boshqa fikrlar” ham bor edi. Shuningdek, g‘alla kelishuvining ahamiyati, yadro qurolini qo‘llash va ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish tahdidlariga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi.
“Kreml G20 natijalaridan qoniqish hosil qildi – yakuniy deklaratsiya Ukrainaga nisbatan yondashuvlardagi farqni belgilab beradi”, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Sergey Lavrov muvaffaqiyati
Uchrashuvda Rossiyadan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etdi. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, vazir “ushbu sammitda kim bilan uchrashish haqida to‘g‘ri qaror qabul qildi va Rossiya ittifoqchilari, birinchi navbatda, Xitoy vakillari bilan ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha muzokaralar olib bordi. U, shuningdek, G‘arbning Rossiyani ko‘plab muhim tashkilotlardan uzoqlashtirish istagiga qaramay, ushbu mamlakatlarning to‘liq yordamini olishga muvaffaq bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, OAV sammitga kelmagan Putin “G‘arb davlatlari rahbarlarini asabiylashtirganini” qayd etadi. Peskov o‘tgan hafta tushuntirganidek, Putinning sammitda ishtirok etmasligi uning jadvali va Rossiyada bo‘lish zarurati bilan bog‘liq.
RIA Novosti muxbiri bilan suhbatlashgan Balining oddiy aholisi, o‘z navbatida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitiga kelmaganidan noroziligini aytdi.
Rossiya izolyatsiyani his qilmadi
“Rossiya delegatsiyasi G20 yetakchilari sammitida hech qanday izolyatsiyani his qilmadi, birorta ham asosiy masala Rossiyasiz hal etilmadi”, dedi tadbirda ishtirok etgan moliya vaziri Anton Siluanov.
“Mamlakatimiz jahon iqtisodiyotining salmoqli qismi hisoblanadi. Hech bir muammoni mamlakatimizsiz hal qilib bo‘lmaydi”, deydi vazir.
Xuddi shunday fikrni Rossiyaning Indoneziyadagi elchisi Lyudmila Vorobyeva ham bildirdi.
“Hech qanday izolyatsiya yo‘q edi. Bu yo‘nalishda bir qator G‘arb davlatlarining sa’y-harakatlari bo‘ldi, biroq hech kim bu sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamadi va ular befoyda bo‘lib chiqdi, izolyatsiya natija bermadi”, dedi diplomatik missiya rahbari.
Zelenskiy va Ukraina demarshi
Zelenskiy G20 sammitida mahbuslarni “hammani hammaga” formulasi bo‘yicha almashish zarurligini e’lon qildi. U o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi, biroq Rossiya bilan hech qanday “Minsk-3” bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
G20
G20 faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: xavflarni kamaytirish va kelajakdagi moliyaviy inqirozlarning oldini olish maqsadida moliyaviy tartibga solishni rag‘batlantirish; xalqaro moliya arxitekturasini isloh qilish; iqtisodiy o‘sishning barqarorligini ta’minlash; xalqaro taraqqiyotga ko‘maklashish; JST qoidalariga asoslangan ko‘p tomonlama savdo tizimini mustahkamlash; infratuzilmaviy investitsiyalar bozorini rivojlantirish; iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarini boshqarish; korrupsiya va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash.
G20 a’zolari: Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Koreya, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya, Fransiya, Janubiy Afrika, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi.
G20 ga a’zo davlatlar hissasiga dunyo aholisining uchdan ikki qismi, jahon yalpi ichki mahsulotining 80% ga yaqini va jahon eksportining 75% ga yaqini to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0