Tramp 2024-yilgi Amerika prezidenti saylovida qatnashinini rasman e’lon qildi

© AP Photo / Nick WagnerDonald Tramp, arxivnoe foto
Donald Tramp, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2022
Obuna bo‘lish
Sobiq prezident 2024-yil bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidenti saylovida nomzodini ilgari surishini rasman ma’lum qildi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024-yildagi saylovlarda davlat rahbari lavozimi uchun nomzodini qo‘yganini rasman e’lon qildi.
Federal saylov komissiyasi bayonotiga ko‘ra, Tramp nomzodini ilgari surish uchun ariza ham topshirgan.
“Amerikani yana buyuk va ulug‘vor qilish uchun bugun kechqurun men Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti lavozimiga nomzodimni e’lon qilaman”, - dedi Tramp Floridadagi “Mar-a-Lago” qarorgohida chiqish qilib. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U o‘z qarorini “dunyo bu xalq erisha oladigan haqiqiy shon-shuhratni hali ko‘rmagani” bilan izohladi.
“Biz bu cho‘qqiga hali erishganimiz yo‘q. Xoh ishoning, xoh ishonmang”, - deydi Tramp.
Sobiq prezident AQSh 2024-yilda yana davlat rahbari lavozimi uchun kurashadigan Jo Baydenning yana to‘rt yillik boshqaruviga dosh berolmasligini qo‘shimcha qildi.
“Men buni kulib emas, ko‘z yoshlar bilan aytapman”, - degan u.
Tramp 2024-yilgi saylov kuniga qadar “hech kimda hech qachon bo‘lmaganidek kurashishga” va’da berdi.
Shu bilan birga, Tramp 2020-yilgi prezident saylovida g‘alaba qozonganini, biroq ovoz berish natijalari soxtalashtirilgani sababli ikkinchi muddatidan mahrum bo‘lganini ta’kidlashgan to‘xtamayapti. Uning sudlarda firibgarlikni isbotlash va Baydenning g‘alabasiga qarshi chiqishga urinishlari hech qanday natija bermadi.
Yangiliklar lentasi
0