Taekvondo: o‘zbekistonlik ikki sportchi jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi

Obuna bo‘lish
Nikita Rafalovich va Feruza Sodiqova Meksikadagi JChda shohsupaga ko‘tarilishdi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Meksikaning Gvadalaxara shahrida bo‘lib o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi ikkita medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston sportchilari Nikita Rafalovich (-87 kg) hamda Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medallariga ega chiqishgan.
1/2
2/2
Har ikki sportchi ham yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tishgan. Biroq final uchun kechgan bahslarda Rafalovich serbiyalik Mehdi Hodabaxshiga, Sodiqova esa gretsiyalik Teopoula Sarvanakiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Bugun musobaqaning uchinchi kunida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov hamda Zarnigor Husniddinova O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Yangiliklar lentasi
0