Akbar Toshqulov adliya vaziri lavozimiga tayinlandi

© Press-slujba Tashkentskogo gosudarstvennogo yuridicheskogo universitetaAkbar Toshkulov
Akbar Toshkulov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2022
Obuna bo‘lish
Akbar Toshqulov 2021-yil dekabridan buyon Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini bajarib kelayotgan edi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Akbar Toshqulov adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
Akbar Toshqulov 1971-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 1-darajali adliya maslahatchisi, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist" faxriy unvoni sohibi.
Mehnat faoliyatini 1994—1995 yillarda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan Akbar Toshqulov adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2017-2021 yillarda adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2021-yil dekabridan buyon Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini bajarib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ruslanbek Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangani va shu munosabat bilan adliya vaziri lavozimidan ozod etilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0