Kompaniyalar xabarlari
Ushbu bo‘limda kompaniyalar faoliyatiga oid yangiliklari hamda turli muassasalar bilan hamkorlik doirasida yuritilayotgan loyihalar haqidagi xabarlar chop etiladi.

Qo‘shma tashabbus dunyoda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga qanday yordam beradi

© Agentstvo razvitiya navikov i professiyKomanda uzbekistana na Yevraziyskom chempionate
Komanda uzbekistana na Yevraziyskom chempionate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Kompaniyalar xabarlari
Jahon mamlakatlari milliy iqtisodiyotlarini rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri bu malakali kadrlar, jumladan, yuqori texnologiyali sanoat sohasida tayyorlashdir.
Shu bois bugungi kunda davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari qatorida idoralar, tashkilot va kompaniyalarning ushbu yo‘nalishdagi harakatlarini muvofiqlashtirishda muhim o‘rin tutadi.
Mazkur hamkorlikda 2022-yilda Yekaterinburgda o‘tkazilgan xalqaro maqomga ega bo‘lgan yuqori texnologiyalar bo‘yicha "Xaytek" chempionati muhim ahamiyatga ega. Musobaqa tasodifan xalqaro deb tan olinmagan: musobaqa o‘tkazib kelinayotgan sakkiz yil davomida unda 20 dan ortiq davlat ishtirokchilari bellashishdi.
Bu yilgi chempionat ham xorijlik ishtirokchilarga boy. 2022-yilning 7-11 noyabr kunlari kunduzgi va masofaviy formatlarda o‘tkazilgan musobaqalarda 16 davlatdan ishtirokchilar qatnashdi: Belarus, Braziliya, Gana, Misr, Zimbabve, Hindiston, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Malayziya, Namibiya, Nigeriya, O‘zbekiston va Janubiy Afrika.
Tanlovda jami 600ga yaqin ishtirokchi va 500ga yaqin mutaxassislar 38ta uinversal va tarmoq kompetensiyalari bo‘yicha bellashishadi. Barcha mutaxassisliklar to‘rt blokga bo‘lindi: qurilish va qurilish texnologiyalari, ishlab chiqarish va muhandislik texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va kelajak mutaxassisliklar bloki – Future Skills.
Yuqori texnologiyalar bo‘yicha xalqaro chempionat Rossiya Federatsiyasining Sanoat va savdo vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Sverdlovsk viloyati hukumati ko‘magida Rossiya Mahorat va kasb-hunarlarni rivojlantirish agentligi, Yangi loyihalarni ilgari surish bo‘yicha strategik tashabbuslar agentligi, shuningdek, yirik xoldinglar va korporatsiyalar yordamida tashkil etildi.
Chempionatning rossiyalik ishtirokchilari “Rosatom”, “Roskosmos”, SIBUR, YeVRAZ, Rossiya temir yo‘llari, “Rosseti”, Birlashgan kemasozlik korporatsiyasi, “RusGidro”, “Rostelekom” kabi ishlab chiqarish standartlarini rivojlantiruvchi yirik korporatsiyalar va kompaniyalarning mutaxassislari edi.
Tanlov topshiriqlari ham ishlab chiqarish, ish joyini optimallashtirish va yo‘qolgan texnologik zanjirlarni tiklashga qaratilgan ishtirokchi korxonalarning real so‘rovlari asosida shakllantirildi.
Muhimi, chempionatda namoyish etilgan ishlab chiqarish bo‘linmalari asosan mahalliy uskunalar asosida yig‘ib, namoyish etildi.
Boshqaruvchilar maktabi - kadrlar yetishtirish maydoni
Xaytek yuqori texnologiyalar bo‘yicha xalqaro chempionat doirasida ilk bor Malaka va kasblar bo‘yicha rivojlanish loyihalarini boshqaruv maktabi laboratoriyasi ishga tushirildi. Boshqaruv maktabi kadrlar potensialini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar yaratish imkonini beradi. Bundan tashqari, u mazkur tashabbuslarni amalga oshirish uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash platformasiga aylanadi.
Boshqaruv maktabi platformasida vazirliklar, idora rahbarlari, xalqaro va Rossiyaning yirik kompaniyalari va korporatsiyalari vakillari yangi ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik assotsiatsiyasi konsepsiyasini yaratish uchun asos bo‘lgan amaliy yechimlar va standartlarni ishlab chiqdishdi.
Xalqaro maydon uchun kadrlar tayyorlashda Rossiya innovatsiyalarini joriy etish
Chempionatlar o‘tkazish bilan bir qatorda Malaka va kasb-hunarlarni rivojlantirish agentligi ko‘p yillar davomida mamlakatlar uchun konsalting faoliyatini amalga oshirib kelmoqda va kadrlar salohiyatinirivojlantirish bo‘yicha to‘laqonli xalqaro platformaga aylandi: Agentlik faoliyati doirasida kadrlar tayyorlash milliy tizimini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan turli loyiha va tashabbuslar ishlab chiqildi.
Agentlik iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarini kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini amalga oshirishda mamlakatlar bilan hamkorlik qilib, xalqaro hamjamiyat uchun o‘nlab yangi va istiqbolli vakolatlar, vositalar va texnologiyalarni ishlab chiqdi.
Shu bilan birga, Agentlik davlatlarning strategik qo‘llab-quvvatlash va murabbiylik bo‘yicha so‘rovlarini qabul qilgan holda, "Yangi vaqtning kuchli g‘oyalari" forumi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mamlakatlar o‘rtasidagi ijtimoiy iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashning yangi vositasi sifatida Yangi ko‘nikmalar va kasblarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik assotsiatsiyasini yaratish g‘oyasini taqdim etdi.
Tashabbus prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, uning ahamiyati va Agentlik samarali faoliyatiga e’tibor qaratildi.
Agentlik O‘zbekiston kadrlar tizimini yangilashga yordam bermoqda
Xalqaro maydonda o‘zini kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sohasida muhim ishtirokchi sifatida namoyish etgan Malaka va kasblarni rivojlantirish agentligi boshqa davlatlarning kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z tizimini yaratishga yordam bermoqda.
Agentlik 2019-yildan buyon O‘zbekiston bilan milliy iqtisodiyot talablari doirasida hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zbekiston tomonidan mavjud kadrlar tayyorlash tizimini transformatsiya qilish va ta’lim muassalariga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha so‘rov kelib tushgan edi. Chunki mavjud tizim mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan vazifalarga muvofiq emasdi.
© Agentstvo razvitiya navikov i profesiyRossiyskoe Agentstvo razvitiya navikov i professiy obuchayet uzbekistansev naibolee vostrebovannim navikam.
Rossiyskoe Agentstvo razvitiya navikov i professiy obuchayet uzbekistansev naibolee vostrebovannim navikam. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Rossiyskoe Agentstvo razvitiya navikov i professiy obuchayet uzbekistansev naibolee vostrebovannim navikam.
Hamkorlik doirasida Malaka va kasblarni rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mehnat vazirligi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Uning doirasida va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) shafeligida, amalga oshirilgan birinchi loyiha - Ishchi kasblari bo‘yicha dastlabki milliy chempionat bo‘ldi. Musobaqa natijasida respublikada chempionlik harakati ishga tushdi.
Bundan tashqari, 2020-yilda tomonlar O‘zbekistonning butun kadrlar tayyorlash tizimini o‘zgartirish va malakalarni mustaqil baholash tizimini joriy etish bo‘yicha kompleks loyihani amalga oshirishga kirishishdi.
Shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida bir yil davomida respublikada Kasb-hunarga o‘qitish markazlari va Kompetensiyaarni baholash markazlarini ishga tushirish loyihasi amalga oshirildi. Ayni damda mamlakatda 14 ta markaz faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ushbu markazlar negizida kompetensiya va ko‘nikmalarni baholash amalga oshiriladi, so‘ngra mutaxassisning malakasini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat - malaka-pasporti (skillz-pasport) beriladi. Skillz-pasportini joriy etilishi – Rossiya tashabbusi bo‘lib u jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan.
O‘zbekistonda mazkur hujjat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplomga teng keladigan meyoriy hujjat sifatida davlat darajasida mustahkamlangan. U mutaxassisga mustaqil baholash tartib-taomilidan o‘tgandan so‘ng respublika hududidagi kompaniya va korxonalarga ishga joylashish imkonini beradi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar Xalqaro assotsiatsiyaning tashkil etilishiga asos bo‘ldi.
Nima uchun dunyoga ushbu yangi xalqaro tashabbus juda kerak
Yangi ko‘nikmalar va kasblarni rivojlantirish bo‘yicha Xalqaro hamkorlik assotsiatsiyasi doirasidagi o‘quv modeli ma’lum bir sohada mutaxassislarni yetishtirishdan ko‘ra kengroq yechimlarni taklif qiladi.
Xususan, Assotsiatsiya muayan mamlakat iqtisodiyoti uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda, fuqarolarning imkoniyatlarini kengaytirish, ishchi faoliyatidan daromadlarni oshirish kabi keng ko‘lamli masalalarni hal etishni maqsad qilgan. Bularning barchasi, albatta, umumiy farovonlikning oshishi, fuqarolarning hayot sifatining yaxshilashga va Uyushmaga a’zo mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishga olib keladi.
Bundan tashqari, Xalqaro assotsiatsiya ekspertlari mahalliy mehnat bozorlarini tahlil qilish va mamlakatlarning madaniy xilma-xilligini o‘rganish asosida hamkor davlatlarga o‘ziga xos, muayan iqtisodiyot talablari uchun maxsus ishlab chiqilgan mehnat bozorini rivojlantirish va kadrlar tayyorlashning yangi texnologiyalarini joriy etish modelini taklif qilishlari mumkin.
Xalqaro assotsiatsiya doirasidagi hamkorlik natijasida davlatlar o‘zaro tajriba almashish, kadrlar tayyorlashda ishlab chiqilgan muvaffaqiyatli uslublardan birgalikda foydalanish, shuningdek, mehnat bozorini samarali rivojlantirish mexanizmlarni topish bo‘yicha birgalikda ishlashlari mumkin. Bu ham iqtisodiyotlarni mustahkamlashning qo‘shimcha rag‘batiga aylanadi.
Hamkorlar loyihasi
Yangiliklar lentasi
0