O‘zgidromet bugungi ob-havo haqida ma’lumot berdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishOsen
Osen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +10-12 daraja iliq bo‘ladi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 17-22 m/s gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati +9-14 daraja iliq, shimolda +2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.
Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0