Lavrov Guterrishga BMT Ukraina masalasida xolislikni saqlashi kerakligini aytdi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishSammit G20 na Bali
Sammit G20 na Bali  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
BMT o‘tkir global muammolar bo‘yicha har qanday davlatdan ko‘rsatmalar olishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak - Lavrov.
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ukrainadagi mojaroni tartibga solishda barqaror va xolis yondashuvni saqlashi kerak, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G20 sammiti doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvda.
“Sergey Lavrov BMT Kotibiyati o‘tkir global muammolar bo‘yicha har qanday davlatdan ko‘rsatmalar olishga yo‘l qo‘yilmasligiga oid BMT Nizomining 100-moddasiga muvofiq birinchi navbatda, Ukraina va uning atrofidagi vaziyatda barqaror va xolis yondashuvga aniq amal qilishi zarurligini ta’kidladi”, - deyiladi RF Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Vazirlikning ta’kidlashicha, xolis va muvozanatli yondashuv “mojaroli vaziyatlarni uzoq muddatga hal etishga erishish va xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi”.
G20 sammitida Rossiya delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Lavrov G‘arb forumning yakuniy deklaratsiyasini siyosiylashtirishga uringanini aytgandi (https://sputniknews-uz.com/20221115/garb-g20-ning-yakuniy-deklaratsiyasini-siyosiylashtirishga-harakat-qildi--lavrov-30002824.html).
Yangiliklar lentasi
0