Kreml Zelenskiyning yangi Minsk kelishuvi bo‘lmasligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaMoskovskiy Kreml
Moskovskiy Kreml  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Peskov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning “hech qanday Minsk-3” bo‘lmasligi to‘g‘risidagi bayonoti Kiyevning muzokaralar olib borishga xohishi yo‘qligi pozitsiyasini tasdiqlashini aytdi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning “hech qanday Minsk-3” bo‘lmasligi to‘g‘risidagi bayonoti Kiyevning muzokaralar olib borishga xohishi yo‘qligi pozitsiyasini tasdiqlaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Mutlaqo tasdiqlaydi”, - dedi u RIA Novostining Zelenskiyning bu so‘zlari Rossiya bilan muzokaralar olib bormaslik pozitsiyasini tasdiqlaydimi degan savoliga javob berayotib.
Moskva bir necha bor muzokaralarga tayyorligini ta’kidlagan, ammo Kiyev muzokara olib borishni qonunan taqiqlab qo‘ygan.
Minsk kelishuvlari Donbassdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha 2014-2015 yillarda Rossiya, Ukraina va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillaridan iborat uch tomonlama aloqa guruhi tomonidan tuzilgandi. Ularda Ukraina sharqidagi mojaro tomonlarining o‘t ochishni to‘xtatish, mojaro zonasi hududiga og‘ir qurollarni joylashtirmaslik va asirlarni “hammaga hamma” shaklida almashish majburiyati belgilangandi.
Yangiliklar lentasi
0