Har bir viloyatda korxonalar uchun yirik maxsus iqtisodiy zonalar tashkil etilishi kutilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredpriyatie po pererabotke plodoovoshnoy produksii
Predpriyatie po pererabotke plodoovoshnoy produksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi viloyatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini kengaytirish va ularning eksport hajmini oshirishga qaratilgan qaror loyihasini ishlab chiqdi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2023 yil 1-martga qadar biznes uchun barcha sharoit va infratuzilmaga ega har bir viloyatda 100 tadan korxonalar uchun yirik maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etilishi mumkin. Bu bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur qaror loyihasida yirik maxsus iqtisodiy zonalarning asosiy vazifalari va faoliyati, soliq, bojxona hamda valyuta tartibotlari tartibi belgilab berilmoqda.
Yirik maxsus iqtisodiy zonalari qyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import o‘rnini bosuvchi, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash;
yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirish;
sanoat sohasidagi ishlab chiqarish subyektlariga ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda ko‘maklashish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish;
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish va ularning maxsus iqtisodiy zonalardagi tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashida qatnashish.
Hujjat loyihasi qabul qilinsa, viloyatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini kengaytirish, qayta ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirishga erishiladi.
Yangiliklar lentasi
0