Yevropalik energetiklarning Rossiya gazi ortidan puli ham tugadi

© AFP 2023 / INA FASSBENDERLogotip nemeskoy energeticheskoy kompanii Uniper v ix shtab-kvartire v Dusseldorfe.
Logotip nemeskoy energeticheskoy kompanii Uniper v ix shtab-kvartire v Dusseldorfe. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Ilk ayoz nafaqat Rossiyadagi ko‘lmaklar va botqoqni muzlatib qo‘ydi: ertalablari quloqni chimchilaydigan sovuq Yevropaga ham sezdirmasdan kirib bordi va birdaniga jarangdor natijalari haqida bong ura boshladi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik.Germaniyaning “Uniper” energetika konserni o‘zining shvetsiyalik hamkorlariga yangi atom reaktorlarini qurish dasturlarini batamom to‘xtatishini ma’lum qildi. Bu haqda “Sveriges Radios Ekot” radiosi efirida kompaniya spikeri Jorj Oppermann ma’lum qildi.
“Uniper” Rossiyada yaxshi ma’lum. Birinchi navbatda ko‘p yillar davomida Rossiya gazining asosiy xaridori bo‘lgani bilan. Bu nomni atom generatsiyasi obyektlari bilan tilga olish ko‘pchilik uchun biroz g‘alati tuyuladi. Biroq bu birinchi marta va yuzaki qaraganda.
Ma’lumki, uglevodorod savdo-sotig‘i, ayniqsa Rossiyaniki va ayniqsa unda taxmin qilingan kotirovka va boshqa fors-majorlarning o‘zgaruvchanligi shartlari qabul qilingani bitilgan uzoq muddatli shartnomalarga ko‘ra, - juda foydali ish. Shu sababli “Uniper”ning moliyaviy vaziyati g‘oyat barqaror bo‘lgan bo‘lardi. Shu qadarki, o‘z navbatida nemis energetiklari Shvetsiyaning deyarli butun atom klasterini xarid qilishdi. Bu, o‘rni kelganda aytish joiz, na Brussel, na Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining malomatiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, xorijiy xususiy kompaniya o‘zining mavqeyidan mustaqil Shvetsiyaga bosim o‘tkazish dastigi sifatida foydalanishi mumkin degan biror bir xabarni topish amrimahol. Bu ham uning haqiqiy mo‘’jiza ekanini aytadi.
Hozirda “Uniper” “Oskarshamn” (OKG) AES aksiyalari nazorat paketi, “Ringhals” va “Forsmark” atom elektr stansiyalarining minoritar paketlari aksiyalariga egalik qiladi. Unga Shvetsiyaning eng birinchi “Barsebäcksverket” AES ham qarashli. So‘nggisi 90-yillar oxirida ishlatilmay qo‘yilgandi, “Uniper” esa konstruksiyalari demontaj qilishni o‘z zimmasiga oldi. Aytish lozimki, nemis operatori unchalik ham shoshilmadi va bugungi kunda faqat AESning birinchi va ikkinchi turbin zallaridagi asbob-uskunalar olinganini to‘g‘risida hisobot berdi, ya’ni mashina zali va kontaytment hali ham butun va muayan vazifalarni hal qilishga yaroqli.
2022 yilgi energetika va moliya bo‘hronlari Shvetsiyani ham chetlab o‘tmadi, u yerda genaratsiya taqchilligi va uning narxi oshishi kuzatildi. Shu bois bir necha oy ilgari “Barsebäck Kraft” – “Uniper”ning sho‘’ba kompaniyasi – bosh direktori o‘zining intervyularidan birida bilmay aytib qo‘ydi: AES infratuzilmasi vayron qilinmaydi. Qolaversa, uning negizida energetika klasteri tashkil etiladi va u yerda hech shubhasiz atom genaratsiyasi ham ishlaydi. Sodda qilib aytganda, egalari bu yerda yangi AESni bunyod etishmoqchi bo‘lishgan.
Nemis energetiklari va ularning uzoq muddatli prognoz qilish qobiliyatlariga tan berish kerak. Gap shundaki, Shvetsiyaning barcha atom elektr stansiyalarining yoshi bir joyga borib qolgan va o‘sha eski “Barsebäcks” stansiyasining muvaffaqiyatli “renovatsiyasi” misli ko‘rilmagan istiqbollarni ochgan bo‘lardi. Bir tomondan, “Uniper”ning Shvetsiya elektr energiyasi bozoridagi mutlaq ustunligi, boshqa tomondan esa – bu YeIning Rossiya elektr resurslariga bo‘lgan qaramlikning qisqargani haqida gapirishga imkon bergan bo‘lardi.
Hozir sezgir nemis rahbariyati nazorati ostida Shvetsiya energetikasida quyidagilar ishlab turibdi: OKG AESning uchinchi energiya bloki (1985 yilda ishga tushirilgan), “Ringhals” AESning uchinchi va to‘rtinchi reaktorlari (1981 va 1983-yilda ishga tushirilgan) hamda “Forsmark” AESning uchta energiya bloki (tarmoqqa 1980-yildan 1985-yilgacha ulangan). Shvetsiyani atom mamlakati deb atash mumkin.
Tabiiyki, bunday proporsiyalarda Stokgolm o‘zining reaktiv parkini yangilanishidan g‘oyat manfaatdor. Masalan, 9-noyabr kuni OKG AESning uchinchi energiya blokida nosozlik ro‘y berdi va bu quvvatning 1400 megavattga tushishiga sabab bo‘ldi, bu esa, o‘z navbatida butun Shvetsiya janubini chiroqsiz qoldirdi. Shu bois ochiqchasiga nafaqat o‘zining energiya bilan qurollanishini mustahkamlash, balki Yevropaning eng yashil mamlakati bo‘lishga umid qilgan mamlakat hukumati “Uniper” rejalarini juda xayrixohlik bilan ko‘rib chiqqaniga ajablanish kerakmi yoki yo‘q.
Bu yerda biroz chetga chiqish va nozik bir joyni tushuntirish lozim bo‘ladi.
“Uniper”ning o‘zi reaktor qurish holida emas. Hoynahoy, nemislar operator sifatida katta tajribaga ega bo‘lib, qurilishning asosiy buyurtmachisi va investori bo‘lishga umid qilishgan. Eslatib o‘tamiz, yaqingacha ularning moliyaviy vaziyati bunga to‘liq imkon berardi. Mish-mishlarga ko‘ra, reaktor qurish shartnomanisini Fransiyaning EDF kompaniyasiga berishni rejalashtirishgan. Bu qanchalik haqiqatga yaqin – alohida suhbat mavzusi. Biz shunchaki bu faktni qayd etapmiz xolos.
Bari maxsus harbiy operatsiya boshlanishi va Yevropaning Rossiyaga qarshi ixtiyoriy-majburiy sanksiya kiritishiga qadar yaxshi ketayotgan edi. Ustiga ustak atom energetikasi sektori bosimga uchradi. Rossiyaning quvur orqali yetkazib beradigan gazi mutassil qisqarib bordi, bir kun esa “Uniper” xarid qilishni to‘liq to‘xtatganini e’lon qildi. Tez o‘tmay kompaniya 40 milliard dollar zarar ko‘rgani haqidagi ma’lumot chop qilindi. Shundan keyin hatto ehtimoliy bankrotlik haqida mish-mish tarqala boshladi.
Korporativ moliyachilar kompaniya o‘z qarzini to‘lashga qodirmi yoki yo‘qligi borasida bahslashayotgan bir paytda bosh ofis xarajatlarni maksimal qisqartirapti. “Uniper” boshqa bir “Eon” kompaniyasi bilan elektr energiyasini tejash maqsadida o‘z ofislarining bir qismini qishda yopishi ma’lum. Xususan, Dusseldorfdagi shtab-kvartiradagi ofislarning kamida yarmi yopiladi, qolgan xonalardagi harorat 14 darajadan oshmaydi. Shuningdek, tashqi yoritish va logotiplarni yorug‘ligi o‘chirib qo‘yiladi. Bu bilan ular energiyani 20 foizga tejash umid qilishmoqda. Bu yerda yangi reaktorlarga sarmoya kiritish haqida qanday gap borishi mumkin.
Bunda nuqta qo‘ysa bo‘lardi, biroq bunda ro‘y berayotgan hodisa ta’rifi yakunlanmay qolgan bo‘lardi.
Shvetsiya atom energetikasini modernizatsiya qilishga oid rejalarning bekor qilinishi ma’lum bo‘lishiga qadar Pragada o‘sha atom energetikasi masalalariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tgandi. Unda komissar Kadri Simson ma’lum qildiki, atomdan tinchlik yo‘lida foydalanish bo‘lgan, bor va Yevropa xavfsizligini ta’minlashning asosiy poydevori bo‘lib qoladi. 2030-yilga kelib Yevropa Ittifoqi atom negizida 100 gigavattdan kam bo‘lgan ishlab chiqarishga ega bo‘lishi behad zarur.
Muammo shundaki, bu muddatga kelib hozir ishlab turgan reaktorlarning aksariyati to‘xtatilishi va yoshiga yetgani sabab pensiyaga chiqarilishi kerak. Qariyalarda ikkinchi yoshlik tiriltirish va shu bilan birga yangi avlod reaktorlarini ishlab chiqish uchun yevrokomissar, qancha deng, kamida 450 milliard yevro so‘ramoqda.
Oxirigacha noma’lum, bosib chiqarilgan pullar o‘rami qanday qilib reaktorlarning jismoniy korpusi va issiqlik ajratuvchi yig‘ishlarga aylanadi, biroq bu yerda muvaffaqiyatga ishonish zerikarli voqelikdan muhimroq shekilli. Rossiya neftchilari va gazchilari bilvosita Yevropaning atom renessansining asosiy drayveri bo‘lishini kim o‘ylabdi deysiz. Bu yerda ko‘p narsa omad kulib boqishiga bog‘liq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0