Zelenskiy Ukraina fuqarolarini kelajagidan mahrum qildi – Volodin

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPredsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi RF Vacheslav Volodin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi spikeri 2014-yilgi davlat to‘ntarishi Ukraina suverenitetini butunlay yo‘qotishiga olib kelgan deb hisoblaydi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Vladimir Zelenskiy “mamlakatni qarz qulligiga aylantirib”, Ukraina fuqarolarini kelajagidan mahrum qildi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ta’kidladi.

“Bugungi kunda Kiyev o‘z daromadining yarmidan ko‘pini - 57,9 foizini qarzlarga xizmat ko‘rsatishga sarflamoqda. Shu bois u yangi kreditlar olishga majbur. Ukraina bankrot davlat. Kiyev rejimi buni yashirishga harakat qilmoqda. Ammo muammo aniq. Zelenskiy mamlakatni qarz qulligiga aylantirib, Ukraina fuqarolarini kelajagidan mahrum qildi”, - deb yozdi Volodin o‘zining Telegram kanalida.

Uning ta’kidlashicha, 2014-yilgi davlat to‘ntarishi Ukraina suverenitetini butunlay yo‘qotishiga olib kelgan. Uning budjetining qariyb 40 foizini xorijiy kreditlar va zayomlar tashkil qiladi.
“Kelgusi yilda xorijiy moliyalashtirish 58 foizni tashkil qiladi. Ukraina fuqarolar oldidagi xarajatlar majburiyatlarini mustaqil bajara olmaydi: ish haqi va nafaqalar, pensiyalar va boshqa ijtimoiy masalalar. Vaziyat yomonlashmoqda”, - deya ta’kidladi Volodin.
Yangiliklar lentasi
0