Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

© AFP 2023 / OLIVIER MORIN
Obuna bo‘lish
Bugun Respublikaning 10ta hududida yer silkinishi qayd etildi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 03:07da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqida FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, zilzila koordinatalari: 39,93 gradus shimoliy kenglik; 69,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi 3,8 ballga teng bo‘lgan. Chuqurlik 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 149 kilometr janubiy-g‘arbda kuzatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Bekobod shahrida 3 ball, 33 km.
Shirin shahrida 3 ball, 33 km.
Yangiobod tumanida 3 ball, 34 km.
Yangiyer shahrida 3 ball, 48 km.
Xovos tumanida 2-3 ball, 50 km.
Bekobod tumanida 2-3 ball, 51 km.
Boyovut tumanida 2-3 ball, 51 km.
Guliston tumanida 2 ball, 68 km.
Zomin tumanida 2 ball, 69 km.
Guliston shahrida 2 ball, 70 km.