Bugun ayrim joylarda shamol kuchli bo‘ladi - O‘zgidromet

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishVeter
Veter - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Shamol Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi prognoz qilinmoqda.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0