https://oz.sputniknews.uz/20221113/minskdagi-xalqaro-kinofestivalda-ozbekiston-3-ta-mukofotga-sazovor-boldi-29936802.html
Minskdagi xalqaro kinofestivalda O‘zbekiston 3 ta mukofotga sazovor bo‘ldi
Minskdagi xalqaro kinofestivalda O‘zbekiston 3 ta mukofotga sazovor bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
“Listapad” kinofestivalida “Matonat”, “Ayol qismati” va “101 reys” filmlari e’tirof etildi. 13.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-13T09:49+0500
2022-11-13T09:49+0500
2022-11-13T09:49+0500
madaniyat
o‘zbekiston
film
o‘zbekiston kinematografiya agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19964007_0:0:2731:1537_1920x0_80_0_0_9349e52545e3084ba6b73403803414a7.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Belarus poytaxti Minskda 7-11 noyabr kunlari “Listapad” xalqaro kinofestivali o‘tkazildi. Unda 3 ta O‘zbekiston filmlari mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Kinofestivalda jami 40 dan ortiq davlat va 100 ga yaqin filmlar ishtirok etgan.“Listapad” kinofestivalining “Eng yaxshi rejissor uchun” mukofoti Shuhrat Mahmudovning “Matonat” hujjatli filmiga topshirildi. Film Ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniyaning “Amersfort” lageridagi 101 nafar o‘zbekistonlik askarlarning jasorati va shijoatiga bag‘ishlangan.Rejissor Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati” badiiy filmi “Insonparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar mavzusining dolzarbligi uchun” nominatsiyasida maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi. Film Suriyada jangarilar tomonidan aldanib, ozodlik sari qiyin yo‘lni bosib o‘tgan ayol haqida hikoya qiladi.Yosh kinorejissor Akrom Shohnazarovning “101 reys” badiiy filmi esa davlatlararo “Mir” teleradiokompaniyasining “Kino tili – do‘stlik tili” nominatsiyasining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.Shuningdek, MDH davlatlari kinematograflarining ishchi yig‘ilishida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov MDH Ijroiya qo‘mitasining “MDHga a’zo davlatlar kinematografiya sohasidagi hamkorligini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun” diplomi bilan taqdirlandi.Bundan tashqari, Minskda o‘tkazilgan Kinematografiya rahbarlari yig‘ilishida MDH davlatlari kinematograflari xalqaro ijodiy alyansi shtab-kvartirasini O‘zbekiston raisligida Toshkent shahrida joylashtirish to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan qabul qilindi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19964007_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_126140ea206f82b93d17520140676fcb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, film, o‘zbekiston kinematografiya agentligi
madaniyat, o‘zbekiston, film, o‘zbekiston kinematografiya agentligi
Minskdagi xalqaro kinofestivalda O‘zbekiston 3 ta mukofotga sazovor bo‘ldi
“Listapad” kinofestivalida “Matonat”, “Ayol qismati” va “101 reys” filmlari e’tirof etildi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Belarus poytaxti Minskda 7-11 noyabr kunlari “Listapad” xalqaro kinofestivali o‘tkazildi. Unda 3 ta O‘zbekiston filmlari mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati
xabar berdi. Kinofestivalda jami 40 dan ortiq davlat va 100 ga yaqin filmlar ishtirok etgan.
“Listapad” kinofestivalining “Eng yaxshi rejissor uchun” mukofoti Shuhrat Mahmudovning “Matonat” hujjatli filmiga topshirildi. Film Ikkinchi jahon urushi yillarida Germaniyaning “Amersfort” lageridagi 101 nafar o‘zbekistonlik askarlarning jasorati va shijoatiga bag‘ishlangan.
Rejissor Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati” badiiy filmi “Insonparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar mavzusining dolzarbligi uchun” nominatsiyasida maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi. Film Suriyada jangarilar tomonidan aldanib, ozodlik sari qiyin yo‘lni bosib o‘tgan ayol haqida hikoya qiladi.
Yosh kinorejissor Akrom Shohnazarovning “101 reys” badiiy filmi esa davlatlararo “Mir” teleradiokompaniyasining “Kino tili – do‘stlik tili” nominatsiyasining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, MDH davlatlari kinematograflarining ishchi yig‘ilishida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov MDH Ijroiya qo‘mitasining “MDHga a’zo davlatlar kinematografiya sohasidagi hamkorligini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun” diplomi bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, Minskda o‘tkazilgan Kinematografiya rahbarlari yig‘ilishida MDH davlatlari kinematograflari xalqaro ijodiy alyansi shtab-kvartirasini O‘zbekiston raisligida Toshkent shahrida joylashtirish to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan qabul qilindi.