AQSh qarori mantiqsizlik – Rossiya elchisi

© Sputnik / Mixail TurgiyevAnatoliy Antonov, arxivnoe foto
Anatoliy Antonov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
AQShning Rossiyani iqtisodi bozor iqtisodiga asoslangan maqomidan mahrum qilish istagi mantiqsizlik - Antonov.
TOShKENT, 11 noya - Sputnik. AQSh Savdo vazirligining Rossiya iqtisodiyotini bozor iqtisodiyoti maqomidan mahrum qilish haqidagi bayonoti mantiqqa ziddir. Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov shunday fikr bildirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Uning fikricha, Amerika banklariga Rossiyaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari uchun moliyaviy operatsiyalarni rasmiylashtirishga ruxsat beruvchi AQSh Moliya vazirligi litsenziyasi Vashingtonni ko‘plab noqonuniy bir tomonlama to‘siqlar sabab yuzaga kelgan jahon bozorlaridagi nomutanosiblik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi. Antonov misol tariqasida oziq-ovqat xavfsizligi muammolari, narxlarning oshishi va ta’minot zanjiridagi uzilishlarni keltirdi.
“Ma’muriyatning bugun mantiqqa zid ravishda Rossiyani bozor iqtisodiyotiga ega davlat maqomidan mahrum qilish haqidagi bayonoti ham xuddi shu qatorda”, - deya qo‘shimcha qildi diplomat.
Kuni kecha AQSh G‘aznachiligi amerikalik shaxslarga Rossiya diplomatik va konsullik vakolatxonalari faoliyati manfaatlarini ko‘zlab operatsiyalarda ishtirok etishga ruxsat berdi.
Avvalroq AQSh Savdo vazirligi Rossiya iqtisodini “davlatning ta’siri kuchaygani sababli” bozor iqtisodiyoti asoslanmagan deb atagan edi.
AQSh Savdo vazirligi oxirgi marta 2021-yil oktabr oyida mamlakatning antidemping protseduralari uchun Rossiya iqtisodiyotining bozor qoidalariga asoslanganini tasdiqlagandi.
O‘shanda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Vashington Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lgunga qadar SSSR va Rossiya eksportchilariga nisbatan qo‘llanilgan demping hisob-kitob usullariga qaytmaydi, deb taxmin qilgan edi.
Rossiya vazirligining qayd etishicha, mamlakat iqtisodiyoti 2002-yilda AQSh Savdo vazirligidan bozor maqomini olgan. O‘sha paytgacha Rossiya “nobozor” iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakat deb hisoblanar edi, bu esa mahalliy eksportchilarning manfaatlarini himoya qilish qobiliyatini yomonlashtirgan. Bu, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar tomonidan antidemping bojlarining oshishiga olib kelgan.
Yangiliklar lentasi
0