Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi gosudarstv-uchastnis Sammita Organizatsii turkskix gosudarstv v Samarkande.
Flagi gosudarstv-uchastnis Sammita Organizatsii turkskix gosudarstv v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
samarqanddagi sammitda tashkilot doirasidagi hamkorlikka qaratilgan muhim qaror va hujjatlar qabul qilinadi
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilyapti. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan tadbirda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etadi.
Shuningdek, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY), Turkiy davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA), Xalqaro turkiy akademiya, Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilmaning kotibiyati rahbarlari qatnashishi rejalashtirilgan.
Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, Tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan. Bu BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos keladi.
Yakunda Samarqand deklaratsiyasi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan boshqa muhim qaror va hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v vosmom sammite Soveta sotrudnichestva turkoyazichnix gosudarstv v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti: Mirziyoyev qanday tashabbuslarni ilgari surgan?
Yangiliklar lentasi
0