Tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish soddalashtirilmoqda – tafsilotlar

© unsplash.com/Scott GrahamBumaga, ruki, ruchka
Bumaga, ruki, ruchka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Prezident tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishda qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Tadbirkorlarga 2023-yildan boshlab litsenziyasiz va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tmasdan o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlariga ruxsat beriladi. Bu 9-noyabr kuni prezident imzolagan farmonda nazarda tutilgan.
Farmon bilan tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi vositalar belgilanmoqda. Unga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vositalari faqat normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida joriy etiladi.
2023 yil 1-yanvardan bir qator talablar bekor qilinadi.
Tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida e’lon berish talabi bekor qilinadi.
Quyidagi talablar bekor qilinmoqda:
yangi import avtomobillarini sotish faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan amalga oshirilishi;
elektr energiyasini ortiqcha iste’mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish;
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali davlat soliq xizmati organlarida alohida hisobga qo‘yish.
Tadbirkorlarga 2023-yil 1-martdan bir qator huquqlar beriladi.
2023 yil 1-martdan soliq to‘lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.
Barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.
Endilikda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladigan bir shartnoma summasi bazaviy hisoblash miqdorining 3 500 baravari va undan yuqori bo‘lgan davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vazirlik yoki idora va uning tarkibidagi tashkilot o‘rtasida qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 3 500 baravari va undan yuqori bo‘lgan tovarlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinishi taqiqlanadi.
2023 yil 1-yanvardan tadbirkorlik subyektlariga yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishga ruxsat etiladi.
Qolaversa, aprobatsiya qilish va joriy qilish yo‘nalishlaridagi faoliyatini cheklangan vaqt, hudud va shaxslar doirasida maxsus tartibga solish orqali ayrim qonunchilik hujjatlari normalariga amal qilmaslikka ruxsat beriladi.
Yangiliklar lentasi
0