AQShda vafot etgan ikki demokrat Kongressga qayta saylandi

© Sputnik / Igor MixalevKupol Kapitoliya - zdanie kongressa SShA v Vashingtone.
Kupol Kapitoliya - zdanie kongressa SShA v Vashingtone.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, 9-oktabr kuni vafot etgan Entoni Delyuka va 25-oktabrda vafot etgan Barbara Kuper “poygada g‘olib chiqdi”.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Oktabr oyida vafot etgan ikki demokrat AQSh Vakillar palatasiga - Pensilvaniya va Tennessi shtatlariga qayta saylandi, deb xabar bermoqda OAV.
Fox News telekanalining Pensilvaniyadagi filialiga ko‘ra, 9-oktabr kuni 85 yoshida vafot etgan sobiq demokrat Entoni Delyuka 85 foiz ovoz bilan qayta saylandi.
Shuningdek, 25-oktabrda 93 yoshida vafot etgan Tennessi shtatidan demokrat Barbara Kuper shtatning 86-saylov okrugida “poygada g‘olib chiqqan”.
Seshanba kuni AQShda Kongressga oraliq saylovlar bo‘lib o‘tdi. Vakillar palatasidagi respublikachilar yetakchisi Kevin Makkarti saylov natijalaridan keyin palata o‘z partiyasi nazoratiga qaytishiga ishonch bildirmoqda. NBC prognoziga ko‘ra, Respublikachilar partiyasi Vakillar palatasida 220, Demokratlar esa 215 o‘ringa ega bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0