Wildberries O‘zbekistonda yirik savdo-logistika majmuasi quradi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVladelitsa internet-magazina Wildberries T. Bakalchuk stala vtoroy jenshinoy-milliarderom v Rossii
Vladelitsa internet-magazina Wildberries T. Bakalchuk stala vtoroy jenshinoy-milliarderom v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, 130 million dollarlik loyiha tufayli respublikada 5 mingta yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Wildberries kompaniyasining savdo-logistika majmuasi quriladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Rossiya marketpleysi asoschilari Vladislav va Tatyana Bakalchuk respublikaga tashrif buyurib, loyiha taqdimotini o‘tkazdi.
Ta’kidlanishicha, 130 million dollarlik loyiha tufayli respublikada 5 mingta yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, kompaniya O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari uchun tayyor mahsulotlarni sotish bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida onlayn treningni yo‘lga qo‘yadi hamda yangi o‘zbek brendlarini yaratish bo‘yicha zavod ochadi, uning mutaxassislari bozorni tahlil qiladi va tadbirkorlarga yangi brendlarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Wildberries - Rossiyaning universal formatdagi eng yirik onlayn gipermarket. Bozorda kiyim-kechak, poyabzal, elektronika, bolalar va uy-ro‘zg‘or buyumlari va hatto oziq-ovqat mahsulotlari, kosmetika va boshqa tovarlar sotiladi.
Onlayn platformaning e’tiborli tomoni - u yerda har bir sotuvchi, xoh mahalliy xoh xorijiy, o‘z savdo maydonchasini tashkil qilishi mumkin. Xaridorlar bitta mahsulotni bir necha sotuvchi takliflari orasida tanlab olish imkoniga ega. Odatda yetkazib berish Wildberries savdo nuqtasigacha amalga oshiriladi. Bu yerda xaridor mahsulotni ko‘zdan kechirishi, kiyib ko‘rishi va hech qanday jarimasiz undan voz kechishi mumkin.
Wildberries tovarlarni sotish xizmati O‘zbekistonda 2022-yil fevral oyida ishlay boshlagan. Ayni damda Toshkentda 3ta yetkazib berish nuqtasi va omborxona ochilgan. Iyun oyida O‘zbekiston filiali milliy valyutada savdoga o‘tdi. Xizmatda o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining tovarlari tobora ommalashib bormoqda – o‘zbek to‘qimachilik va charm mahsulotlari savdosi o‘sishda davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0