O‘zbekiston va Turkiy davlatlar tashkiloti: Mirziyoyev qanday tashabbuslarni ilgari surgan?
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v vosmom sammite Soveta sotrudnichestva turkoyazichnix gosudarstv v Stambule
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
TDTning avvalgi sammitlarida O‘zbekiston prezidenti ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 35 dan ortiq aniq tashabbuslarni ilgari surgan edi
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) nomi o‘zgartirilgandan keyingi birinchi sammiti 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston TDT doirasida oddiy kuzatuvchi emas, balki o‘z qarashlarini taklif etuvchi faol ishtirokchi bo‘lib, bu bilan TDT kun tartibini bugungi kun voqeligiga mos ravishda boyitishga hissa qo‘shmoqda.
Umuman olganda, 2019, 2020, 2021 O‘zbekiston prezidenti TDT (sobiq Turkiy tilli davlatlar kengashi) doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan 35 dan ortiq aniq tashabbuslarni ilgari surdi. Bugungi kunga qadar 20 dan ortiq tashabbuslar ro‘yobga chiqarildi.
Xususan:
2021 yil sentabr oyida Yosh tadbirkorlar forumi tashkil etildi va uning birinchi yig‘ilishi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tdi;
transport va bojxona tartib-taomillarini raqamlashtirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi: O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida “ePermit” pilot loyihasi sinovdan o‘tkazildi, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasida “raqamli TIR” va “yashil yo‘lak” pilot loyihalari ishga tushirildi;
O‘zbekistonning “Universal Logistics Service” (Toshkent), “Akhtachi” (Andijon) va “Termez Cargo Centre” (Surxondaryo) logistika markazlari TDTning “Birodar portlar” jarayoniga qo‘shildi;
COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish yo‘lida hamkorlik bo‘yicha takliflar amalga oshirildi, pandemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus muvofiqlashtiruvchi guruh hamda TDT doirasida epidemiologik vaziyatni birgalikda monitoring, tahlil qilish va prognozlash bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tizimi shakllantirildi;
2021 yil iyun oyida TDTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qo‘qon 2022-yilda “Turk dunyosining turistik poytaxti” deb e’lon qilindi;
“Tabarruk ziyorat” loyihasi ishga tushirilib, Turizm bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi;
Qo‘qon shahrini “Turk dunyosining turistik poytaxti” maqomiga ilgari surish doirasida ushbu shaharda 2022-yil 8-10 iyun kunlari “Qo‘qon xonligining turkiy xalqlar davlatchiligi va madaniy merosini rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi;
2022 yil iyul oyida Toshkent shahrida TDTga a’zo davlatlar qishloq xo‘jaligi vazirlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va a’zo davlatlarning sohaga doir vazirliklari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda a’zo davlatlar va kuzatuvchilar ishbilarmon doiralarning 300 dan ortiq vakillari ishtirokida Birinchi Turkiy Agroforum tashkil etildi;
“Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida 2022-yil iyun oyida Buxoro shahrida Yosh liderlarning IV forumi tashkil etildi. Forum davomida Buxoro “Turk dunyosining birinchi yoshlar poytaxti” deb e’lon qilindi;
Alisher Navoiy nomidagi “Turk dunyosi birligini ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun” xalqaro mukofoti ta’sis etildi;
Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiy, Muso Al-Xorazmiy kabi allomalarning madaniy merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazdi;
Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha TDT tuzilmasi, Turkiy xalqlar merosini o‘rganish xalqaro markazi, IT-mutaxassislar platformasi, Injiniring-texnologiya markazi va Turkiy davlatlarning savdo hamkorligi bo‘yicha tadqiqot markazi va boshqalarni yaratishga doir konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda.
Bu va boshqa tashabbuslar TDT doirasida ko‘p qirrali hamkorlikning yangi formatlarini yo‘lga qo‘yish, uning institutsional va amaliy salohiyatini mustahkamlash imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti va MDH Parlamentlararo assambleyasining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ham uyushmalar hududida va global miqyosdagi ekologik, iqtisodiy, transport muammolarini hal qilishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surgan edi.