https://oz.sputniknews.uz/20221109/dekabr-oyidan-mchjning-tasis-shartnomasini-davlat-royxatidan-otkazish-bekor-qilinadi---29820746.html
Dekabr oyidan MChJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi
Dekabr oyidan MChJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident imzolagan yangi qaror bilan 2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi ... 09.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-09T11:44+0500
2022-11-09T11:44+0500
2022-11-09T11:44+0500
jamiyat
yangi qaror
korxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23833223_0:154:3093:1893_1920x0_80_0_0_03d5b49cea7238e9c0a5b2c9bf975376.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbesitonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan PQ–415-sonli qarorda nazarda tutilgan.Qarorga muvofiq, 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi.Tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:Shuningdek, 2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi.2023 yil 1-apreldan esa MChJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi. Pulsiz hissalar baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas.Yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi.2023 yil 1-iyuldan xo‘jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e’lon qilinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23833223_180:0:2911:2048_1920x0_80_0_0_862c4d4585fd986c0c4dd446c64783d2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror, korxona
jamiyat, yangi qaror, korxona
Dekabr oyidan MChJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi
Prezident imzolagan yangi qaror bilan 2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbesitonda mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan PQ–415-sonli qarorda nazarda
tutilgan. Qarorga muvofiq, 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi.
Tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar;
aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar;
aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
MChJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
MChJning vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;
MChJda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.
Shuningdek, 2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi.
2023 yil 1-apreldan esa MChJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi. Pulsiz hissalar baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas.
Yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi.
2023 yil 1-iyuldan xo‘jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e’lon qilinadi.