Xersonda terakt uyushtirishni rejalashtirgan Ukraina xavfsizlik xizmati qo‘poruvchilari ushlandi

Obuna bo‘lish
Ukraina xavfsizlik xizmati qo‘poruvchilari Xerson viloyati ma’muriyatining yuqori martabali rasmiylariga qarshi terrorchilik aktini uyushtirishni rejalashtirishgan.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Xerson viloyatida mahalliy amaldorlarga qarshi terakt uyushtirishni rejalashtirgan Ukraina xavfsizlik xizmatining (UXX) to‘qqiz qo‘poruvchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, UXXning qo‘poruvchi-razvedka guruhi vazifasi Xerson viloyati harbiy-fuqaroviy ma’muriyatining yuqori martabali rasmiylariga qarshi terrorchilik aktini uyushtirish bo‘lgan.
Qo‘lga olinganlarga UXX xodimlari Samir Shukurov, Viktor Xomak va Dmitriy Sidey ko‘rsatma berib kelgan.
Tezkor tadbirlar doirasida qo‘lga olinganlardan elektrodetonator, ijro etuvchi qurilmalar, qo‘llanishga tayyor bo‘lgan uchta granata, o‘qotar qurol va o‘q-dori hamda razvedka qilishga mo‘ljallangan maxsus vositalar musodara qilingan.
Shuningdek, FXX xodimlari qo‘poruvchilar Xerson ma’muriyati xodimlariga suiqasd uyushtirish uchun foydalanmoqchi bo‘lgan minalashtirilgan avtomobilni aniqlab, uni zararsizlantirishgan.
Rossiya Jinoyat kodeksining 361-moddasi bilan (Xalqaro terrorchilik akti) jinoiy ish ochilgan.
Yangiliklar lentasi
0