Rossiya kompaniyasi veb-saytlar uchun dunyodagi birinchi ovozli yordamchini taqdim etdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishObuchenie
Obuchenie  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Neuro.net kompaniyasi veb-saytlar uchun dunyodagi birinchi ovozli yordamchini ishlab chiqdi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiyaning Neuro.net kompaniyasi veb-saytlar uchun dunyodagi birinchi ovozli yordamchini ishlab chiqdi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
Neuro.net kompaniyasi veb-saytlar uchun dunyodagi birinchi gumanoid ovozli yordamchini — chat-botlar funksiyasini almashtirishga qodir “Web PA”ni ishlab chiqdi.

"Kompaniya Web PA sayti uchun dunyodagi birinchi ovozli yordamchini ishlab chiqdi. Bu matnli suhbat botlarining funsionalligidan ustun turadigan noyob mahsulot. Endi Web PAga ega sayt foydalanuvchisi kerakli xizmat yoki mahsulotni ko‘r-ko‘rona qidirishi shart emas – raqamli yordamchi bilan gaplashish kifoya”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yordamchi kompaniya mahsuloti yoki xizmatlari va ularning qo‘llanilishi haqida ma’lumot almashishi, shuningdek, to‘g‘ri mahsulot modelini tanlash, tegishli mahsulotlarni taklif etish, ularni savatga qo‘shish, yangi mahsulotlar, aksiyalar va shartlar haqida o‘rtoqlashadi.
U saytda odatda mutaxassislar yoki savdo menejerlari bajaradigan vazifalarni amalga oshiradi.
“Web PA dialogni boshlaydi va unga yordam kerakmi yoki yo‘qligini so‘raydi. U hazil qilishi, gapni bo‘lishi, his-tuyg‘ularini ifodalashi, intonatsiya bilan so‘zlarni ta’kidlashi va suhbat yo‘nalishini foydalanuvchining xatti-harakatiga qarab o‘zgartirishi mumkin”, deyiladi kompaniya xabarida.
Aytilishicha, bu jahon bozorida o‘xshashi bo‘lmagan prinsipial yangi mahsulot. Gap shundaki, kompaniya nafaqat foydalanuvchilar uchun yangi raqamli tajriba yaratmoqda, balki sayt bilan ishlash tamoyilini ham o‘zgartirmoqda.
Endi brend yoki mahsulot birinchi shaxsda gapira oladi va bu suhbatni istalgan veb-saytda olib borish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0