Rossiyalik shifokorlar ishtirokida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi - SSV

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
12 noyabrga qadar davom etadigan ushbu aksiya davomida mamlakat hamda chet elda jigar transplantatsiyasi bajarilgan bemorlar, shu jumladan bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Mahalliy va rossiyalik shifokorlar tomonidan jigar transplantatsiyasi o‘tkazilgan bemorlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etilmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining konsultativ poliklinikasida xayriya tadbiri boshlandi.
12 noyabrga qadar davom etadigan ushbu aksiya davomida mamlakat hamda chet elda jigar transplantatsiyasi bajarilgan bemorlar, shu jumladan bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Mazkur maslahat va tekshiruvlar Xirurgiya markazi hamda Rossiyaning akademik V.I.Shumakov nomidagi Milliy transplantologiya va sun’iy organlar tibbiy tadqiqot markazining yetakchi mutaxassislari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Fuqarolar kun davomida soat 08:00 dan 17:00 gacha bo‘ladigan tibbiy ko‘riklarga +998712304560 va +998712304548 telefon raqamlari orqali navbatga yozilishlari mumkin.
Xabarda bemorlardan mavjud tibbiy hujjatlari(kasallik tarixidan ko‘chirma, tekshiruv natijalari, elektron vositalar, shu jumladan CD-disklar)ni olib kelishlari so‘ralmoqda.
Tibbiy ko‘rik Toshkent shahar, Kichik halqa yo‘li, 10-uyda o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0