Dunyoga xavf solayotgan gumanitar falokatining oldini olish zarur - Medvedev

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZampred Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel zasedanie prezidiuma Soveta pri prezidente RF po nauke i obrazovaniyu
Zampred Soveta bezopasnosti RF D. Medvedev provel zasedanie prezidiuma Soveta pri prezidente RF po nauke i obrazovaniyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Medvedev Rossiya ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirayotganini aytdi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimining natijasi dunyoda ocharchilik va energiya tanqisligi tahdidi bo‘ldi, bu gumanitar falokatning oldini olish zarur. Bu haqda “Yagona Rossiya” partiyasi raisi Dmitriy Medvedev ta’kidladi.
“Yagona Rossiya”ning “Geosiyosiy beqarorlik sharoitida xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari” konferensiyasida so‘zlagan Medvedev Rossiya ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirayotganini aytdi.

“Shu bilan birga, biz kollektiv G‘arb tomonidan ulkan sanksiyalar bosimiga duch kelyapmiz. Natijada dunyoda ochlik tahdidi, energiya tanqisligi va boshqa sun’iy muammolar paydo bo‘ldi. Bizning umumiy vazifamiz - bu voqealar mohiyatan undayotgan gumanitar falokatning oldini olish, xalqaro miqyosda hamkorlikda harakat qilish uchun yangi yondashuvlar va aniq rejalarni ishlab chiqish, biz va yangi avlodlarga yaxshiroq kelajak qurish uchun kurashda sa’y-harakatlarimizni birlashtirish”, - dedi u.

G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0