Bugun o‘zbekistonliklar oy tutilishiga guvoh bo‘lishlari mumkin

© AP Photo / Ringo H.W. ChiuLunnoe zatmenie v Kalifornii
Lunnoe zatmenie v Kalifornii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Oy tutilishni eng uzoq vaqt va eng katta fazasiga Andijon viloyati aholisi guvoh bo‘lishi mumkin. Andijonda tutilish fazasi maksimumi 78% bo‘lib, davomiyligi 54 daqiqani tashkil etadi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Bugun Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – to‘liq Oy tutilishini kuzatishlari mumkin. O‘zbekistonda mazkur jarayon 1 soatdan ko‘proq vaqt davom etadi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston fanlar akademiyasi.
Oy tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, tutilishning to‘liq fazasi 1 soat 25 daqiqa teng.
Mazkur jarayon Oy chiqishidan avval boshlanadi, shuning uchun O‘zbekistonning hamma hududida tutilishning maksimal fazazi Oy ufqdan ko‘tarilganidan keyin bir necha daqiqa o‘tib kuzatiladi.

“Toshkent vaqti bilan Oy tutilishi 14:08 da boshlanadi va 15:59 maksimal fazaga erishadi. 16:41 da to‘liq to‘silish tugaydi, biroq qisman tutilish davom etadi. Oy tutilishi 17:49 o‘tganda yakuniga yetadi”, deyiladi xabarda.

Toshkentda 17:06 da Oy ufqdan ko‘tariladi va bu vaqtda Oy yuzasining 60 foizdan ko‘proq qismi Yer soyasida bo‘ladi. 17:09 da qisman Oy tutilishining maksimal fazasi kuzatiladi.
Toshkent shahrida Oy tutilishining umumiy davomiyligi 43 daqiqani tashkil etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida qisman Oy tutilishi juda kichik fazada kuzatiladi. Navoiy, Buxoro Samarqand, Qarshi, Jizzax va Termiz hududlari aholishi esa 25-35% to‘silish guvohi bo‘lishi mumkin.
Toshkent, Guliston, Farg‘ona, Namangan va Andijon hududlarida esa tutilish fazasi maksimumi 50 dan 78% gacha bo‘ladi.
Oy tutilishi Oy gorizontdan ko‘tarilishidan avval boshlangan bo‘ladi. Shuning uchun O‘zbekistonning aksarat hududlarida tutilishning maksimal fazazi Oy ufqdan ko‘tarilganidan keyin bir necha daqiqa o‘tib kuzatiladi.
Ushbu tutilishni eng uzoq vaqt va eng katta fazasiga Andijon viloyati aholisi guvoh bo‘lishi mumkin. Andijonda tutilish fazasi maksimumi 78% bo‘lib, davomiyligi 54 daqiqani tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0