https://oz.sputniknews.uz/20221104/ozbekistonlik-yoshlar-mdh-olimlari-xalqaro-forumida-ishtirok-etmoqda-29720003.html
O‘zbekistonlik yoshlar MDH olimlari xalqaro forumida ishtirok etmoqda
O‘zbekistonlik yoshlar MDH olimlari xalqaro forumida ishtirok etmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Nijniy Novgorod shahrida MDH davlatlari yosh olimlarining "Nauka bez granis" xalqaro forumida 384 nafar yosh olim ishtirok etmoqda. 04.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-04T09:28+0500
2022-11-04T09:28+0500
2022-11-04T09:28+0500
jamiyat
olimlar
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/04/29720151_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_4413278f18a8235988024e9071069cbd.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasining 300-yilligi doirasida Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida MDH davlatlari yosh olimlarining "Nauka bez granis" xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.Unda MDHning 9 davlatidan, jumladan, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikistondan 384 nafar yosh olimlar qatnashmoqda. Shuningdek, Chernogoriya, Eron Islom Respublikasi, Hindiston, Xitoy davlatlaridan ham ishtirokchilar taklif etilgan.Ochilish marosimida Rossiya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti Stepan Kalmikov fan millat va dinidan qat’i nazar, olimlarni birlashtirgani, shu bois forum chegarasiz xalqaro almashinuv maydoniga aylanganini ta’kidladi.Forum davomida yosh olimlar “Sun’iy intellekt”, “Kelajak texnologiyalari”, “Yangi materiallar”, “Qulay muhit”, “Sog‘lom avlod”, “Oziq-ovqat xavfsizligi”, “Sog‘lomlashtirish” kabi to‘qqizta ilmiy bo‘limlar doirasida 250ga yaqin ma’ruzalarini taqdim etishdi.Aytilishicha, eng yaxshi ish mualliflari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.Forum doirasida turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida o‘zaro hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari bilan tanishishlari mumkin bo‘lgan MDH Innovatsiyalar markazi burosi ishi tashkil etildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/04/29720151_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_f34cd4869be26080bce7c7d51a37acbe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, olimlar, o‘zbekiston fanlar akademiyasi
jamiyat, olimlar, o‘zbekiston fanlar akademiyasi
O‘zbekistonlik yoshlar MDH olimlari xalqaro forumida ishtirok etmoqda
Nijniy Novgorod shahrida MDH davlatlari yosh olimlarining "Nauka bez granis" xalqaro forumida 384 nafar yosh olim ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasining 300-yilligi doirasida Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida MDH davlatlari yosh olimlarining "Nauka bez granis" xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda MDHning 9 davlatidan, jumladan, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikistondan 384 nafar yosh olimlar qatnashmoqda. Shuningdek, Chernogoriya, Eron Islom Respublikasi, Hindiston, Xitoy davlatlaridan ham ishtirokchilar taklif etilgan.
Ochilish marosimida Rossiya Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti Stepan Kalmikov fan millat va dinidan qat’i nazar, olimlarni birlashtirgani, shu bois forum chegarasiz xalqaro almashinuv maydoniga aylanganini ta’kidladi.
Forum davomida yosh olimlar “Sun’iy intellekt”, “Kelajak texnologiyalari”, “Yangi materiallar”, “Qulay muhit”, “Sog‘lom avlod”, “Oziq-ovqat xavfsizligi”, “Sog‘lomlashtirish” kabi to‘qqizta ilmiy bo‘limlar doirasida 250ga yaqin ma’ruzalarini taqdim etishdi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining bir guruh yosh olimlari jumladan, Xorazm Ma’mun akademiyasi Tabiiy fanlar bo‘limi stajor-tadqiqotchisi F.Nurjonov o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Aytilishicha, eng yaxshi ish mualliflari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
“Bugun biz uchun xalqaro darajadagi ilmiy aloqalarning ahamiyati nihoyatda yuqori. Biz hamkorlikni doimiy ravishda mustahkamlab boramiz. Masalan, yaqinda Nijniy Novgorod universitetlari Suriya universitetlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha 12 ta shartnomaviy hujjat imzoladi. Bahorda o‘zbekistonlik do‘stlarimiz bilan aloqalarni mustahkamladik. Va bunday misollar juda ko‘p”, deydi Nijniy Novgorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin.
Forum doirasida turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida o‘zaro hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari bilan tanishishlari mumkin bo‘lgan MDH Innovatsiyalar markazi burosi ishi tashkil etildi.