Toshkentda rossiyalik mutaxassislar ko‘magida ilk bor murakkab yurak operatsiyalari o‘tkazildi

© Rustam Yorbekov arxividanOperatsiya jarayoni
Operatsiya jarayoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda rossiyalik tajribali mutaxassislar bilan hamkorlikda endi yurakka biologik klapanlarni qo‘yish amaliyoti joriy qilinmoqda.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Inson salomatligi tanadagi qon aylanish tizimi bilan bevosita bog‘liq. Bu tizimni samarali ishlashi esa yurak funksiyalarining professional ishlashiga chamcharchas bog‘liq.
Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Rossiyaning akademik E.N.Meshalkin nomidagi tibbiy tadqiqot markazi bilan o‘zaro hamkorlikda murakkab yurak operatsiyalari o‘tkazilmoqda.

“Yurak klapanlarini davolash bo‘yicha markazimizda bir oy davomida 70 ga yaqin operatsiyalar o‘tkazib kelinadi. Shu vaqtgacha yurakka sun’iy klapan qo‘yish jarayoni amalga oshirilgan bo‘lsa, endi rossiyalik tajribali mutaxassislar bilan hamkorlikda endi yurakka biologik klapanlarni qo‘yish amaliyoti joriy qilinmoqda”, - dedi tajribali kardioxirurg Rustam Yorbekov Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Yangi bioklapanlar karkassiz bo‘lib, yurak anatomiyasining ishlash funksiyasini yanada yaxshilaydi. Karkas klapanlar qattiq bo‘lganligi sababli yurakning unga moslashishi qiyin kechadi. Karkassiz klapanlar esa yumshoq va yurak to‘qimasiga kirishi yengil kechadi.
Karkassiz klapanlar o‘rnatilganda yurak tomirlarida qon bosimi ham meyorda bo‘lib, biologik klapanni o‘rnatganda asoratlar ham kamroq bo‘ladi.
“Rossiyadan akademik E.N.Meshalkin nomidagi tibbiy taqdidot markazi direktori, tajribali kardioxirurg Aleksandar Bogachov tashrif buyurdi. Birgalikda murakkab operatsiyalarni amalga oshirdik. Tajribali vrachdan implantatsiya metodi, yangi modeldagi klapanlarni o‘rnatish usullarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rganmoqdamiz”, - deydi shifokor.
Shuningdek, ilmiy markazda yosh kadrlarga hayvonlar yuraklarini operatsiya qilish orqali implantatsiya usuli, klapanlarni almashtirish, qanday chok qo‘yish kerakligi amaliy tarzda ko‘rsatildi.
© Rustam Yorbekov arxividanOperatsiya jarayoni
Operatsiya jarayoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Operatsiya jarayoni
“Rossiyada deyarli 3-yildan buyon murakkab operatsiyalari o‘tkazib kelinadi. Tajribali mutaxassis kelganida kuniga 2 tadan operatsiya jarayonlari tashkil etildi. Vrachlar jamoasi ham yaxshi tuzilgan. Yurak operatsiyalarida bitta xirurg ishlolmaydi. Aleksandr Bogachov boshchiligida tajribali anasteziolog, kardioxirurglar bilan samarali ishladik”, - deydi Yorbekov.
Hozirda rossiyalik tajribali shifokorlar ishtirokida bu kabi murakkab operatsiyalar O‘zbekistonning viloyat markazlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0