Shoygu: Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi ziddiyat kuchayib bormoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, dunyoda keskinlik jadal o‘smoqda
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Dunyoda keskinlik jadallik bilan o‘smoqda, shu bilan birga G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchaymoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Belarus harbiy idorasi bilan qo‘shma yig‘ilishda ma’lum qildi.
“Bu ayniqsa bugun dunyoda keskinlik jadal o‘sayotgan, strategik barqarorlikning asoslari barbod bo‘layotgan, xalqaro institutlar roli susayotgan va G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayib borayotgan paytda muhim”, - dedi Shoygu. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Belarus Rossiya uchun yaqin qo‘shni, sodiq ittifoqchi va ishonchli hamkor bo‘lgani va bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0