Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Medvedev Rossiya g‘alabasini jahon mojarosiga qarshi yagona kafolat deb atadi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishDmitriy Medvedev, arxivnoe foto
Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
Faqat Rossiyaning to‘liq va yakuniy g‘alabasi jahon mojarosiga qarshi kafolatdir, deydi Medvedev.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. G‘arb global urushni qo‘zg‘atmoqda, faqat Rossiyaning g‘alabasi tinchlik garovidir, deydi Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.

“G‘arb davlatlari dunyoni global urushga undamoqda. Va faqat Rossiyaning to‘liq va yakuniy g‘alabasi jahon mojarosiga qarshi kafolatdir”, - deya yozdi Medvedev o‘zining Telegram kanalida.

Postda “G‘arb davlatlarining mashhur tezisi” – “Rossiyaning urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, degan gap keltiriladi. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy mantiqdan kelib chiqqan holda, Rossiya emas, Ukraina g‘alaba qozonsa, uning maqsadi ilgari unga tegishli bo‘lgan barcha hududlarni qaytarish bo‘ladi. Bu, siyosatchining fikricha, Rossiya davlatining mavjudligi va mamlakatning qulashi uchun tahdiddir.

“Va bu Rossiya Federatsiyasining yadroviy cheklash sohasidagi davlat siyosati asoslarining 19-bandini qo‘llashning bevosita sababini anglatadi”, - deya qo‘shimcha qildi Medvedev.

Yangiliklar lentasi
0