https://oz.sputniknews.uz/20221102/markaziy-banklar-1967-yildagi-oltin-sotib-olish-rekordini-yangiladi-29666368.html
Markaziy banklar 1967-yildagi oltin sotib olish rekordini yangiladi
Markaziy banklar 1967-yildagi oltin sotib olish rekordini yangiladi
Sputnik O‘zbekiston
Rivojlanayotgan mamlakatlarning markaziy banklari zaxiralari uchun rekord miqdorda oltin xarid qilishdi. 02.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-02T14:01+0500
2022-11-02T14:01+0500
2022-11-02T14:01+0500
iqtisod
oltin-valyuta zaxiralari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/16/23476034_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_17e101b78a05c3a008041feece9886ee.jpg
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Joriy yilning uchinchi choragida asosan rivojlanayotgan mamlakatlarning markaziy banklari zaxiralari uchun rekord miqdorda oltin sotib oldilar. Chorak davomida ular deyarli 400 tonna qimmatbaho metall sotib oldilar.Jahon oltin kengashi (WGC – World Gold Council) ma’lumotlariga qaraganda, sarmoyadorlar va zargarlar tomonidan oltinga qiziqish ham ortib bormoqda, biroq kotirovkalar birja fondlarida rekord darajadagi savdoni ushlab turibdi. Tahlilchilarga ko‘ra, yil oxirigacha narxlar bir unsiya uchun 1,6-1,7 ming dollar oralig‘ida saqlanib qoladi.Oltin kengashiga ko‘ra, uchinchi chorakda dunyoda oltin qazib olish atigi 1 foizga o‘sib, 1215,2 tonnani tashkil etdi. Shu bilan birga, metall iste’moli 28 foizga oshib, 1181,5 tonnani tashkil etdi. Talabning o‘sishining asosiy sababi markaziy banklar tomonidan metall sotib olishning keskin o‘sishi bo‘ldi. WGC hisob-kitoblariga ko‘ra, uchinchi chorakda Markaziy banklar rekord darajadagi 399,3 tonna (bir yil avvalgidan to‘rt baravar ko‘p) oltin sotib oldilar va ularning ulushi umumiy iste’molning uchdan bir qismiga yetdi.Yil boshidan beri Markaziy banklar 673 tonna oltin sotib oldi va bu 1967-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.Raqamlarni oshkor qilgan eng yirik xaridorlar Turkiya (30 tonna), O‘zbekiston (26 tonna), Qatar (15 tonna) markaziy banklari bo‘ldi. 300 tonnadan ortiq oltinning xaridorlari oshkor etilmagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/16/23476034_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_27303bd37778c76563c6a717059c57b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, oltin-valyuta zaxiralari
iqtisod, oltin-valyuta zaxiralari
Markaziy banklar 1967-yildagi oltin sotib olish rekordini yangiladi
Rivojlanayotgan mamlakatlarning markaziy banklari zaxiralari uchun rekord miqdorda oltin xarid qilishdi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Joriy yilning uchinchi choragida asosan rivojlanayotgan mamlakatlarning markaziy banklari zaxiralari uchun rekord miqdorda oltin sotib oldilar. Chorak davomida ular deyarli 400 tonna qimmatbaho metall sotib oldilar.
Jahon oltin kengashi (WGC – World Gold Council)
ma’lumotlariga qaraganda, sarmoyadorlar va zargarlar tomonidan oltinga qiziqish ham ortib bormoqda, biroq kotirovkalar birja fondlarida rekord darajadagi savdoni ushlab turibdi. Tahlilchilarga ko‘ra, yil oxirigacha narxlar bir unsiya uchun 1,6-1,7 ming dollar oralig‘ida saqlanib qoladi.
Oltin kengashiga ko‘ra, uchinchi chorakda dunyoda oltin qazib olish atigi 1 foizga o‘sib, 1215,2 tonnani tashkil etdi. Shu bilan birga, metall iste’moli 28 foizga oshib, 1181,5 tonnani tashkil etdi. Talabning o‘sishining asosiy sababi markaziy banklar tomonidan metall sotib olishning keskin o‘sishi bo‘ldi. WGC hisob-kitoblariga ko‘ra, uchinchi chorakda Markaziy banklar rekord darajadagi 399,3 tonna (bir yil avvalgidan to‘rt baravar ko‘p) oltin sotib oldilar va ularning ulushi umumiy iste’molning uchdan bir qismiga yetdi.
Yil boshidan beri Markaziy banklar 673 tonna oltin sotib oldi va bu 1967-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Raqamlarni oshkor qilgan eng yirik xaridorlar Turkiya (30 tonna), O‘zbekiston (26 tonna), Qatar (15 tonna) markaziy banklari bo‘ldi. 300 tonnadan ortiq oltinning xaridorlari oshkor etilmagan.