“Kalashnikov” Rossiya armiyasiga dronlar yetkazib berishni boshladi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyDron-kamikadze ZALA Lanset, arxivnoe foto
Dron-kamikadze ZALA Lanset, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligiga razvedka va hujumkor dron-kopterlarni ola boshlagan.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. “Kalashnikov” konserni Rossiya Mudofaa vazirligiga razvedka va hujumkor dron-kopterlar yetkazib berishni boshladi. Bu haqda kompaniyalar guruhi prezidenti Alan Lushnikov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Biz e’lon qilmadik, lekin kopterlarni ishlab chiqarapmiz va armiyaga yetkazib berapmiz. Turli maqsadlarga mo‘ljallangan – ham razvedka, ham hujum”, - deydi Lushnikov.
Uning aniqlik kiritishicha, konsernning alohida dron-kopterlari allaqachon seriyali ishlab chiqarila boshlangan, ba’zilarini ishlab chiqarish esa 2023 da boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0