Aql kuchi: Kravsov bo‘lajak fiziklarga mo‘ljallangan loyiha haqida so‘zlab berdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishSergey Kravsov
Sergey Kravsov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari fizika va matematika fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalari oldi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Rossiyaning “Aql kuchi” Xalqaro gumanitar loyihasining borishi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Maorif vaziri Sergey Kravsov Sputnik muxbiri bilan intervyuda ma’lum qildi.
“Fizika va matematika yo‘nalishi bo‘yicha “Aql kuchi” loyihasini amalga oshirmoqdamiz. Bugungi kunda ko‘p narsa aniq fanlarga bog‘liq – iqtisodiyotning rivojlanishi ham, yangi tadqiqotlar ham. Shuning uchun biz bu yerda o‘z tajribamizni baham ko‘rishga tayyormiz”, - deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, “Aql kuchi” O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda amalga oshirilyapti. Loyiha doirasida Markaziy Osiyo davlatlari maktablariga fizika va matematika bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib boradigan rossiyalik o‘qituvchilar keladi.
O‘zbekistonda loyihada ishtirok etayotgan maktab o‘quvchilari allaqachon fizika va matematika bo‘yicha loyiha mutaxassislarining videolavhalarini tomosha qilish mumkin bo‘lgan, QR-kodlar bilan jihozlangan ish daftarlarini olishgan.
“Aql kuchi” tashabbusi Rossiya Maorif vazirligi yordamida amalga oshirilyapti. V.G. Korolenko nomidagi Glazov davlat pedagogika instituti loyiha operatori sifatida ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0