Rossiyaga qo‘shni mamlakatlarga eksportning o‘sishi YeIni xavotirga solmoqda – OAV

© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlagi s simvolikoy Yevrosoyuza u zdaniya Yevrokomissii v Brussele.
Flagi s simvolikoy Yevrosoyuza u zdaniya Yevrokomissii v Brussele. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2022
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa uskunalari importining keskin o‘sishi Armaniston va Qozog‘istonda kuzatilmoqda.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Yevropa rasmiylari Rossiyaga qarshi sanksiyalar fonida Rossiyaga qo‘shni davlatlarga kir yuvish mashinalari, muzlatkichlar va sut nasoslari eksportining o‘sishidan xavotirda. Bu haqda “Bloomberg” manbalarga tayanib yozmoqda.

“Kir yuvish mashinalari, muzlatkichlar va hattoki sut nasoslarini Yevropadan mamlakatlarga – Rossiyaning qo‘shnilariga eksport qilinishining kutilmagan va hayratlanarli darajada ko‘tarilishi rasmiylarning xavotiriga sabab bo‘lmoqda”, - deyiladi agentlik xabarida.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa uskunalari importining keskin o‘sishi Armaniston va Qozog‘istonda kuzatilmoqda. Qayd etilishicha, Yevroosiyo davlatlarining bir-biri bilan savdosi Rossiyaga sanssiyalar tufayli boshqa davlatlardan importning qisqarishini qoplashga yordam berishi mumkin.

“Yevropa rasmiylari hech bo‘lmaganda ba’zi tovarlar va ularning tarkibiy qismlari harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkinligidan xavotirda”, - deyiladi maqolada.

Ta’kidlanishicha, rasmiylar “Rossiyaning chekkasida” joylashgan mamlakatlarga eksport o‘sishini kuzatmoqda. Biroq, ular maishiy texnika savdosiga qarshi kurashish qiyinligini ta’kidlashadi, chunki bu narsalar ko‘pincha sanksiyalarga duch kelmaydi.
G‘arb Ukraina tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir. Rossiya Federatsiyasi G‘arb o‘zi uchun yaratayotgan barcha muammolarni Rossiya hal qilishini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0