https://oz.sputniknews.uz/20221030/gaz-taminotidan-uzilgan-issiqxonalarga-gaz-etkazib-berilmoqda-29576547.html
Gaz ta’minotidan uzilgan issiqxonalarga gaz yetkazib berilmoqda
Gaz ta’minotidan uzilgan issiqxonalarga gaz yetkazib berilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Issiqxona majmualarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun yoqilg‘i yetkazib berish hajmi oshirildi. 30.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-30T09:49+0500
2022-10-30T09:49+0500
2022-10-30T09:49+0500
jamiyat
gaz
gaz quvuri
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29481107_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_0a051f157953da9455c4ecfc1ddbc7ed.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 586 ta issiqxona xo‘jaliklari bilan shartnoma tuzilib, tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Bu haqida Xududgazta’minot xabar berdi.Issiqxona majmualarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun "O‘zGazTreyd" tomonidan "Hududgazta’minot" AJga "zangori" yoqilg‘i yetkazib berish hajmi oshirildi."O‘zGazTreyd" tomonidan joriy mavsumda issiqxona xo‘jaliklarining talabidan kelib chiqqan holda Hududgazta’minotga 500 million kub metr tabiiy gaz qo‘shimcha yetkazib beriladi.Qayd etilishicha, kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida mamlakatning barcha hududlarida 244 ta ixtisoslashtirilgan avariya-dispetcherlik brigadalari tashkil etildi.Ishlarni tashkil etish uchun 29,6 kilometr turli diametrli gaz quvurlari, 2,8 ming dona butlovchi qismlar, 756 dona manometr, 7 tonna karbid, 2,2 tonna moylash materiallari ajratildi.Ixtisoslashtirilgan "1104" raqami ostidagi " Call-markazi" va "104" raqamli vaziyatlar markazlari hamda Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boshqarma va bo‘lim xodimlari ish tartibi ham qayta ko‘rib chiqildi.Eslatib o‘tamiz, 28-oktabr kuni gaz ta’minotidan uzilgan issiqxonalar 1 kun ichida gaz bilan qayta ta’minlanishi ma’lum qilingandi. Issiqxonalarni gaz ta’minotidan uzish holati bo‘yicha tadbirkorlarning noroziligidan xabar topgan Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan mazkur masalani ko‘rib chiqish uchun Administratsiya rahbari Sardor Umurzakovga tegishli topshiriq bergan.Administratsiya rahbari boshchiligida o‘tgan majlisda issiqxonalarni tabiiy gaz ta’minotidan ogohlantirishsiz uzish holatlari bo‘yicha juda ko‘p e’tirozlar bildirilayotgani, xususan 25-oktabr kuni respublikaning turli hududlaridan issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to‘plangani bo‘yicha tegishli mas’ullar qattiq tanqid ostiga olingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29481107_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_99a4e5c0354cc5cf5782de45573ff476.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, gaz, gaz quvuri, tadbirkor
jamiyat, gaz, gaz quvuri, tadbirkor
Gaz ta’minotidan uzilgan issiqxonalarga gaz yetkazib berilmoqda
Issiqxona majmualarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun yoqilg‘i yetkazib berish hajmi oshirildi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 586 ta issiqxona xo‘jaliklari bilan shartnoma tuzilib, tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Bu haqida Xududgazta’minot xabar
berdi. Issiqxona majmualarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun "O‘zGazTreyd" tomonidan "Hududgazta’minot" AJga "zangori" yoqilg‘i yetkazib berish hajmi oshirildi.
"O‘zGazTreyd" tomonidan joriy mavsumda issiqxona xo‘jaliklarining talabidan kelib chiqqan holda Hududgazta’minotga 500 million kub metr tabiiy gaz qo‘shimcha yetkazib beriladi.
“68 ta issiqxonada tayyorgarlik ishlari bo‘layotganligi sababli bugungi kunda gaz ta’minotiga ehtiyoji yo‘qligi bildirildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida mamlakatning barcha hududlarida 244 ta ixtisoslashtirilgan avariya-dispetcherlik brigadalari tashkil etildi.
Ishlarni tashkil etish uchun 29,6 kilometr turli diametrli gaz quvurlari, 2,8 ming dona butlovchi qismlar, 756 dona manometr, 7 tonna karbid, 2,2 tonna moylash materiallari ajratildi.
Ixtisoslashtirilgan "1104" raqami ostidagi " Call-markazi" va "104" raqamli vaziyatlar markazlari hamda Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boshqarma va bo‘lim xodimlari ish tartibi ham qayta ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, 28-oktabr kuni gaz ta’minotidan uzilgan issiqxonalar 1 kun ichida gaz bilan qayta ta’minlanishi ma’lum qilingandi. Issiqxonalarni gaz ta’minotidan uzish holati bo‘yicha tadbirkorlarning noroziligidan xabar topgan Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan mazkur masalani ko‘rib chiqish uchun Administratsiya rahbari Sardor Umurzakovga tegishli topshiriq bergan.
Administratsiya rahbari boshchiligida o‘tgan majlisda issiqxonalarni tabiiy gaz ta’minotidan ogohlantirishsiz uzish holatlari bo‘yicha juda ko‘p e’tirozlar bildirilayotgani, xususan 25-oktabr kuni respublikaning turli hududlaridan issiqxonalari gazdan uzilgan tadbirkorlar norozilik bildirib, Toshkentda to‘plangani bo‘yicha tegishli mas’ullar qattiq tanqid ostiga olingan
edi.