Termiz tumanida avtomobil bozori ishga tushdi

© Surxondaryo viloyati hokimligi “Termiz avto bozori”
“Termiz avto bozori”  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2022
Obuna bo‘lish
Avtomobil bozori ishga tushishi bilan 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Kompleks to‘liq quvvatda ish boshlagach qo‘shimcha 450 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan – tafsilotlar.
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Termiz tumanida avtomobil bozori ishga tushdi. Bu haqida Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Termiz tumani “Yangiobod” mahallasi hududida "Complex technical services" MChJ tomonidan qurilayotgan zamonaviy avtomobil bozori va ehtiyot qismlari savdo kompleksining birinchi bosqichi ishga tushirildi.
Loyiha qiymati 90 milliard so‘m bo‘lgan avtomobil bozori va ehtiyot qismlari savdo kompleksining ushbu bosqichida “Termiz avto bozori” o‘z faoliyatini boshladi.
“Buning natijasida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Kompleks to‘liq quvvatda ish boshlagach qo‘shimcha 450 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, loyihaning keyingi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
© Surxondaryo viloyati hokimligi “Termiz avto bozori”
“Termiz avto bozori”  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2022
“Termiz avto bozori”
Ma’lumot uchun, bundan avval avtomobil bozori faqatgina viloyatning Denov tumanida haftaning bir kunida (yakshanba) faoliyat olib borgan. Bu esa viloyat markazi va viloyatning boshqa hududlaridagi fuqarolarga qiyinchilik tug‘dirgan.
Yangiliklar lentasi
0