Toshkentda fuqarolarni planshet yordamida ro‘yxatga olish jarayonlari boshlanadi

© UzAPlanshet inspektora DPS
Planshet inspektora DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
Obuna bo‘lish
IIV xodimlari va profilaktika inspektorlari tomonidan O‘zbekiston fuqarolari vaqtincha turar joyi bo‘yicha maxsus planshet qurilmalari orqali elektron ro‘yxatga olinadi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1-noyabrdan 2023-yil 1-sentabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida elektron ro‘yxatga olish jarayonlari boshlanadi.
Bunda ichki ishlar organlari tayanch punktlari hamda profilaktika inspektorlari tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini vaqtincha turgan joyi bo‘yicha maxsus planshet qurilmalari orqali elektron ro‘yxatga olish faoliyati tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.
Ro‘yxatga olish quyidagi idoralar orqali amalga oshiriladi:
Profilaktika inspektorlari:
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari:
Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
Fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra, qulay manzilni tanlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 2023-yildan fuqaroning raqamli pasporti sinov loyihasi ham amalga oshiriladi. Loyiha doirasida “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi negizida ayrim turdagi ma’lumot va hujjatlarni elektron ko‘rinishda taqdim etish imkoniyatini beruvchi “OneID mobile” dasturiy ta’minoti ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0