https://oz.sputniknews.uz/20221028/ozbekiston-va-rossiya-ekologiya-sohasida-ishchi-guruh-tuzishga-kelishib-oldi-29537268.html
O‘zbekiston va Rossiya ekologiya sohasida ishchi guruh tuzishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Rossiya ekologiya sohasida ishchi guruh tuzishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Rossiyaning “Eco-Spectrum” korxonasi vakillari bilan uchrashdi. 28.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-28T09:50+0500
2022-10-28T09:50+0500
2023-04-05T18:41+0500
jamiyat
davlat ekologiya qo‘mitasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1c/29537387_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_11eac7f44d0056e0288c3d7250fe4e35.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ekologiya sohasidagi xodimlardan iborat ishchi guruhi tarkibi shakllantiriladi. Bu haqida Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Rossiyaning “Eco-Spectrum” korxonasi bosh direktori O.Davletova hamda texnik direktori G.Aydogan bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda chiqindilarni qayta ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritilib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.Uchrashuv quyidagi hamkorlikka kelishib olindi:Aytilishicha, O‘zbekistonda chiqindini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan korxonalar soni yanada ortib bormoqda. Bu turdagi korxonalarning zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanishi ish samaradorligini oshirishi barobarida atrof-muhit muhofazasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Eslatib o‘tamiz, Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasida MDH parlamentariylari bir qator ekologik qonunlarni qo‘llab-quvvatlashdi. Parlament a’zolari “Ekologik xavfsizlik to‘g‘risida”, “Ekologik axborotdan foydalanish to‘g‘risida”, “Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari to‘g‘risida”, “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi namunaviy qonunlarning yangi tahriri loyihalarini Assambleya yalpi majlisida ko‘rib chiqish uchun MDH PA Kengashiga yuborishadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1c/29537387_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_247c3c358d30317d8efb03eb4ba440e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, davlat ekologiya qo‘mitasi , rossiya
jamiyat, davlat ekologiya qo‘mitasi , rossiya
O‘zbekiston va Rossiya ekologiya sohasida ishchi guruh tuzishga kelishib oldi
09:50 28.10.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Rossiyaning “Eco-Spectrum” korxonasi vakillari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ekologiya sohasidagi xodimlardan iborat ishchi guruhi tarkibi shakllantiriladi. Bu haqida Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar
berdi. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Rossiyaning “Eco-Spectrum” korxonasi bosh direktori O.Davletova hamda texnik direktori G.Aydogan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda chiqindilarni qayta ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritilib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv quyidagi hamkorlikka kelishib olindi:
Davlat ekologiya qo‘mitasi va korxona xodimlaridan iborat ishchi guruhi tarkibini shakllantirish;
Qattiq maishiy chiqindilarni saralash va tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish holatini o‘rganish;
Keyingi yillarda hududlarda o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan uskuna va texnikalarga bo‘lgan texnik topshiriq loyihalarini ishlab chiqish.
Aytilishicha, O‘zbekistonda chiqindini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan korxonalar soni yanada ortib bormoqda. Bu turdagi korxonalarning zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanishi ish samaradorligini oshirishi barobarida atrof-muhit muhofazasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasida MDH parlamentariylari bir qator ekologik qonunlarni qo‘llab-quvvatlashdi. Parlament a’zolari “Ekologik xavfsizlik to‘g‘risida”, “Ekologik axborotdan foydalanish to‘g‘risida”, “Ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari to‘g‘risida”, “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi namunaviy qonunlarning yangi tahriri loyihalarini Assambleya yalpi majlisida ko‘rib chiqish uchun MDH PA Kengashiga
yuborishadi.