Yevropa jamiyati bo‘linib ketmoqda - vengriyalik jurnalist

© Fotolia / Grecaud PaulFlagi Yevrosoyuza naprotiv zdaniya Yevropeyskoy komissii v Brussele
Flagi Yevrosoyuza naprotiv zdaniya Yevropeyskoy komissii v Brussele  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2022
Obuna bo‘lish
Vengriyalik jurnalist Shtir: Yevropa mamlakatlari jamiyati Rossiyaga munosabatlari tufayli tarqoqlashmoqda
TOShKENT, 21 okt - Sputnik Yevropa mamlakatlari jamiyati Rossiyaga nisbatan munosabatlarida tarqoqlashmoqda, ko‘pchilik aslida nima bo‘layotganini tushunmaydi, deydi vengriyalik jurnalist, Valday klubi a’zosi Gabor Shtir.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday klubidagi yig‘ilishda nutq so‘zlarkan, Rossiya hech qachon AQSh va Yevropaga qarshi yomon niyatda bo‘lmaganini hamda “kollektiv G‘arb” bilan munosabatlarni davom ettirishga tayyor ekanligini aytgan edi.
“Rossiya yevropaliklarga qarshi dushman emasligini aytishda davom etish kerak, chunki Yevropa tarqoqlashmoqda. Elitalar, ayniqsa g‘arbiy elitalar haqida gapirmoqchi emasman, ular Rossiyaga qarshi va nuqta. Ammo jamiyatlarda unday emas. Vengriyada ellikka-ellik, bu bizning ichki siyosiy masalalarimiz. Kim agar Viktor Orban tarafda bo‘lsa, o‘sha Vladimir Putin tarafda ham... Hatto g‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ham jamiyat Rossiyaga qarshi fikrlamaydi”, - deydi vengriyalik ekspert.
Uning ta’kidlashicha, ko‘pchilik Rossiyaga qarshi matbuot ta’sirida, yana ko‘pchilik esa nimalar bo‘layotganini tushunmaydi.

“Albatta, aqllar xiralashgan, chunki matbuot Rossiyaga qarshi. Ammo Yevropaga Rossiya dushman emasligi haqida ko‘p aytish zarur. Ko‘pchilik nima bo‘layotganini tushunmaydi, yana boshqalari shunchaki Rossiyaga qarshi ekanligini biladi xolos. Aksariyati hamma narsani G‘arb ko‘zlari orqali ko‘radi, nafaqat Rossiya bilan aloqalarni, balki Xitoy, arab mamlakatlari bilan munosabatlarni ham”, - deydi Shtir.

Yangiliklar lentasi
0