Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘ining nomi o‘zgarishsiz qoldi - tafsilotlar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBivshiy park kulti i otdixa "Yangi Sergeli"
Bivshiy park kulti i otdixa Yangi Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlardagi Chilonzor tumanida joylashgan G‘afur G‘ulom bog‘ining nomi o‘zgarishi bo‘yicha bildirilgan e’tirozlarga nisbatan tuman hokimligi munosabat bildirdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Keng jamoatchilik fikri e’tiborga olingan hola, Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘ining nomi o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqida Chilonzor tumani hokimligi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi Chilonzor tumanida joylashgan G‘afur G‘ulom bog‘ining nomi o‘zgarishi bo‘yicha bildirilgan e’tirozlarga nisbatan tuman hokimligi munosabat bildirdi.
Chilonzor tumani hokimi maslahatchisi Botir Rasulovning so‘zlariga ko‘ra, bog‘ning nomlanishiga rasman o‘zgartirish kiritilmagan. Bog‘ nomini o‘zgartirish haqida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman komissiyasi nomiga ariza kelib tushmagan.
“Albatta, bu borada jamoatchilik fikri ham e’tiborga olinadi. Bog‘ oldin atalgan nomi G‘afur G‘ulom nomidagi bog‘ bo‘lib qoladi”, deydi Botir Rasulov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘afur G‘ulom bog‘i “Dream Park” nomi bilan test rejimida ochilgani ma’lum qilingan edi. Hozirda ya’ni o‘rnatilgan uskunalar aholi xavfsizligi uchun qayta-qayta sinovlardan o‘tkazilib, tozalash va tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.
G‘afur G‘ulom bog‘i "ekofrendli" uslubida yangilandi.
Yangiliklar lentasi
0