Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifalari berish uchun imtihonlar o‘tkaziladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTabletki v kolbax
Tabletki v kolbax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
Soha xodimlari noyabr-dekabr oylarida imtihondan o‘tishadi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifalari berish uchun imtihonlar o‘tkaziladi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Soha xodimlari noyabr-dekabr oylarida imtihondan o‘tishadi. Bu bo‘yicha Milliy palataning 55-sonli buyrug‘i bilan attestatsiya o‘tkaziladigan sanalar jadvali tasdiqlandi.
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining imtihon xonalari videokameralar bilan jihozlangan bo‘lib, sinov jarayonlari Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytida onlayn translyatsiya qilinadi”, deyiladi xabarda.
Malaka toifasi berilganligi to‘g‘risidagi buyruqlar va u asosida rasmiylashtirilgan QR kodli elektron sertifikatlar SSV va Milliy palataning rasmiy veb-saytlariga joylashtirib boriladi.
Ma’lumot uchun, tibbiyot va farmatsevtika xodimiga malaka toifasi mutaxassisligi bo‘yicha beriladi. Bunda, ikkinchi toifa uchun 3-yil, birinchi toifa uchun ikkinchi malaka toifasi va 5-yil, oliy toifa uchun birinchi malaka toifasi va 7-yil ish staji talab etiladi.
Yangiliklar lentasi
0