Samarqandda MDH parlamentlarining kuzgi sessiya tadbirlari boshlandi - foto

Obuna bo‘lish
Tadbir kun tartibidan MDH PAning turli sohalar bo‘yicha komissiya majlislari, yosh parlamentariylar ishtirokida yig‘ilish va Kengash majlisi o‘rin olgan.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Bugun Samarqand shahrida MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasining tadbirlari boshlandi.
Tadbirlarda MDH PAga a’zo davlatlarning parlament delegatsiyalari rahbarlari va a’zolari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar hamda ekspertlar ishtirok etmoqda.
Sessiya ishini Assambleyaning madaniyat, axborot, turizm va sport, agrar siyosat, tabiiy resurslar va ekologiya, siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mitalarining majlislari ochib berdi.
Hamdo‘stlik mamlakatlarining yosh parlamentlari a’zolari MDH ishtirokchi davlatlari Yoshlar parlamentlararo assambleyasi majlisiga to‘planadi.
Shuningdek, MDH PA Kengashining majlisi ham bo‘lib o‘tadi. Parlament delegatsiyalari rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi. Unda 2022-yilda o‘tkaziladigan tadbirlar yakunlari sarhisob qilinib, MDH hududida saylov kampaniyalari monitoringi to‘g‘risidagi axborotni eshitadi.
Ma’lumot uchun, MDH PA - Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining davlatlararo organi hisoblanadi. Assambleya ishtirokchi davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston parlament delegatsiyalaridan iborat.
Delegatsiyalar rahbarlari Parlamentlararo assambleya faoliyatini tashkil qiluvchi MDH PA Kengashi a’zolari hisoblanadi.
© Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
V Samarkande nachata osennyaya sessiya Mejparlamentskoy Assamblei SNG - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
V Samarkande nachata osennyaya sessiya Mejparlamentskoy Assamblei SNG - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
V Samarkande nachata osennyaya sessiya Mejparlamentskoy Assamblei SNG - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
V Samarkande nachata osennyaya sessiya Mejparlamentskoy Assamblei SNG - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Mejparlamentskaya Assambleya gosudarstv — uchastnikov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
zasedanie Soveta MPA SNG. - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Yangiliklar lentasi
0