Medvedev: ukrainlar hayoti “AQShning katta o‘yinida sariq chaqa bo‘ldi”

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishDmitriy Medvedev, arxivnoe foto
Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizli kengashi raisi o‘rinbosari katta Amerika o‘yinida ukrainlar hayoti sariq chaqa ekanini aytdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Ukrainlar hayoti – Amerikaning katta siyosiy o‘yinidagi sariq chaqa, AQSh Ukrainaning oxirigacha jang qilishi tarafdori bo‘lmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
8 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan AQSh Kongressiga saylovlar arafasida Medvedev savol bilan yuzlangan – demokratlar va respublikachilar o‘z g‘alabasi nima to‘lashlari yoki Kapitoliy tepaligidagi o‘z mag‘lubiyatini nima bilan tushuntirishlari mumkin?

“Baydenning [AQSh prezidenti] amaldagi jamoasi uchun, ularning raqiblari – respublikachilar uchun ham, valyuta, aslida, bitta – ularga kerak bo‘lmagan afsonalardagi Ukraina mamlakati fuqarolari hayoti. Ular katta Amerika o‘yinida sariq chaqa. Ularni osonlik bilan okean ortidagi siyosiy janjallardagi bo‘lajak zafar uchun mehrobga qo‘yishadi”, - deya yozdi siyosatchi o‘zining Telegram kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh uchun bu holatda “hamma vosita yaxshi”. “Ukrainlar hayoti bilan cheki yo‘q Amerika qurol-yarog‘ini yetkazib berish uchun ham, instruktor va yollanmalarning “mehnati” uchun ham haq to‘lanmoqda”, - deya qo‘shimcha qilgan Medvedev.
U bu mojaroda Rossiya fuqarolari ham jabrlanayotganiga e’tibor qaratgan.
“Biroq farq shundaki, odamlarimiz uchun qasos olinadi. Hammasi uchun. Jang maydonida ham, jang maydonidan uzoq bo‘lgan boshqa tomonlarda ham. Asossiz sud jarayonlari doirasida emasligi aniq. Boshqacha usullar bilan. Ukrainlarni esa hech kim eslamaydi”, - deya ta’kidlagan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
Siyosatchi AQSh siyosiy elitasi uchun asosiysi bu Vakillar palatasi va Senatni kim nazorat qilish ekanini qayd etgan.
Bayden xatosi tufayli Ukrainaning taqdiri Rossiya qo‘lida – AQSh OAV
“Shu bois urush “g‘alaba qilgunga qadar”. To‘g‘rirog‘i – oxirigacha. Ukrainaning oxirigacha. G‘olib esa odatdagiday: The winner takes it all… (g‘olib hamma narsaga ega chiqadi – tahr.), - deya xulosa qilgan Medvedev.
Yangiliklar lentasi
0