https://oz.sputniknews.uz/20221027/farmatsevtika-mahsulotlari-hisobi-va-nazorati-axborot-tizimi-joriy-etiladi-29500553.html
Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi
Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga oid qaror qabul qildi. 27.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-27T11:06+0500
2022-10-27T11:06+0500
2022-10-27T11:06+0500
jamiyat
yangi qaror
dori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/06/23807728_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_672f2b4bd2212c4b72177991a603dc37.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan PQ–411-sonli qarorda nazarda tutilgan.Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan tegishli ro‘yxatda belgilangan dorilardan tashqari barcha yangi dori vositalari klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.Quyidagilar bekor qilinadi:Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlar dori va tibbiy buyumlar bilan shifoxona orqali ta’minlanadi. Mazkur jarayon dastlab respublika darajasidagi shifoxonalarda 2023-yil davomida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi.Shunga ko‘ra, 2022-yil yakunigacha shifoxonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.2023 yil 1-maydan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dorilar uchun dorixonalar tomonidan beriladigan xarid chekining fiskal belgisi soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dorilar narxlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi.Dorilarning chakana narxlariga belgilangan ustamalar oshirib qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi.Xarid cheki bo‘yicha narx dorining chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, huquqbuzardan jarima undiriladi.2023 yil 1-martgacha dori vositalarining ishlab chiqarilishidan boshlab ularning iste’moli natijasigacha bo‘lgan jarayonlarni nazarda tutuvchi Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/06/23807728_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_a43da9717d5d0274141673632dcdd293.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror, dori
jamiyat, yangi qaror, dori
Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi
Prezident aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga oid qaror qabul qildi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan PQ–411-sonli qarorda nazarda
tutilgan. Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan tegishli ro‘yxatda belgilangan dorilardan tashqari barcha yangi dori vositalari klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Quyidagilar bekor qilinadi:
retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlash;
dori moddalarini (substansiyalarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
O‘zbekistondan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarining ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini tan olishda standart namunalarini talab etish.
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlar dori va tibbiy buyumlar bilan shifoxona orqali ta’minlanadi. Mazkur jarayon dastlab respublika darajasidagi shifoxonalarda 2023-yil davomida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi.
Shunga ko‘ra, 2022-yil yakunigacha shifoxonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
2023 yil 1-iyuldan referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori bo‘lgan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi.
2023 yil 1-maydan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dorilar uchun dorixonalar tomonidan beriladigan xarid chekining fiskal belgisi soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dorilar narxlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi.
Dorilarning chakana narxlariga belgilangan ustamalar oshirib qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi.
Xarid cheki bo‘yicha narx dorining chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, huquqbuzardan jarima undiriladi.
2023 yil 1-martgacha dori vositalarining ishlab chiqarilishidan boshlab ularning iste’moli natijasigacha bo‘lgan jarayonlarni nazarda tutuvchi Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.