Rossiya va Indoneziya oziq-ovqat inqirozini bartaraf qilishda hamkorlik qiladi

© Sputnik / Vitaliy TimkivZerno pshenisi, arxivnoe foto
Zerno pshenisi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda Rossiya resurslari va texnologiyalaridan foydalangan holda Indoneziyadagi oziq-ovqat inqirozidan chiqish choralari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Indoneziya fermerlar assotsiatsiyasi Rossiyaning Indoneziyadagi savdo vakolatxonasi bilan uchrashib, oziq-ovqat inqirozini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi. Bu haqda Serambinews.com portali xabar berdi.
Indoneziya fermerlar assotsiatsiyasi vakili Helmi N.Hakimning aytishicha, ushbu yig‘ilish 2022-yil 2-avgustda bo‘lib o‘tgan avvalgi muzokaralar kun tartibini davom ettirdi.
“Suhbat mazmuni mamlakatlarimiz tomonidan yaqin kelajakda amalga oshiriladigan texnik hamkorlik, shuningdek, ushbu hamkorlikka hukumatni jalb qilish imkoniyatlari haqida bo‘ldi”, dedi Hakim.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yig‘ilishda shu maqsadda Rossiya resurslari va texnologiyalaridan foydalangan holda Indoneziyadagi oziq-ovqat inqirozidan chiqish choralari bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilingan.
Portalning yozishicha, uchrashuvda Rossiya tomonidan Rossiyaning Indoneziyadagi savdo vakolatxonasi rahbari Sergey Rossomaxov, eksport bo‘limi boshlig‘i Ilya Shirmanov va katta ekspert Nikita Yurchikov ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0