Rossiya mashg‘ulotlar chog‘ida javob tariqasidagi ommaviy yadroviy zarba berishni mashq qildi

Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha strategik tiyib turuvchi kuchlarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar to‘liq bajarilgan.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya dushmanning yadroviy zarbasiga javoban ommaviy yadroviy zarba berish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
Mashg‘ulotlarni Rossiya yetakchisi Vladimir Putin shaxsan kuzatdi.
Ta’kidlanishicha, Kamchatkadagi Kura poligonida Plesesk davlat sinov kosmodromidan "Yars" qit’alararo ballistik raketasi va Barens dengizidan "Sineva" ballistik raketasi uchirilgan.
Havodan uchiriladigan qanotli raketalarni uchiruvchi uzoq masofali Tu-95MS samolyotlari ham vazifalarga jalb qilingan.
“Strategik tiyib turuvchi kuchlarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar to‘liq bajarilgan, barcha raketalar belgilangan xususiyatlarni tasdiqlagan holda nishonga yetib bordi”, - deyiladi Kreml xabarida.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotnomasida strategik tiyib turuvchi kuchlarning vazifasi Rossiya va ittifoqchilariga hujum qilinganda har qanday qurol bilan, jumladan, yadro qurollari bilan zarba berishni ham nazarda tutishi ko‘rsatilgan.
Yangiliklar lentasi
0