Orol hududida yirik gaz konlari ochilishi mumkin

© Sputnik / Aleksey NikolskiyDobicha gaza v Uzbekistane
Dobicha gaza v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2022
Obuna bo‘lish
“Rosgeologiya” Orol dengizi akvatoriyalarida geologik-razvedka ishlarini olib borgan.
TOShKENT, 26 okt - Sputnik “Rosgeologiya” geologik razvedka mutaxassislari Orol dengizi va unga tutash hududlarini o‘rganishdi. Ekspertlarning ma’lum qilishicha, mintaqada yirik gaz konlarini ochish imkoniyati bor.
Bu haqida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida komissiya hamraisi, Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ma’lum qildi.

“Geologiya va yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha qo‘shma loyihalarga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Bizning “Rosgeo” kompaniyamiz Orol dengizi va unga tutash hududlarda keng miqyosli geologiya-razvedka ishlari olib bordi. Natijalar mintaqada yirik gaz konlarini yaratish imkoniyatini bildirmoqda”, - deydi u.

Bundan tashqari, Denis Manturov Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi “Shaxpaxti” va “Djel” konlarini ishlab chiqarayotganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0